Dinshunoslik faning predmenti va funksiyalari


Dinning o‘ziga xos ijtimoiy vazifalariga quyidagilar kiradi



Yüklə 155,4 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü155,4 Kb.
#190759
1   2   3   4
Dinshunoslik

Dinning o‘ziga xos ijtimoiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Din jamiyatda bir qator ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni bajaradi:
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi va shaxs shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo‘lishi hodisasini olaylik: Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat seziladi.
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratsion vazifasi deyiladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni qamrab olishga intiladi. Buning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, shuningdek, adabiyoti va san’atiga chambarchas bog‘lanib keta olgan.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ vazifani ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, din legitimizatsiya – qonunlashtiruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, har qanday ijtimoiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi.
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy-nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo masalalariga o‘z munosabatini bildirib turishdan iboratdir. Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ladi. Shuning uchun ham dinni o‘rganish – bu insoniyatni o‘rganish demakdir. Dinni insoniyatdan,insoniyatni dindan ajratib bo‘lmaydi.
 Kompensatorlik vazifasi: Din insonga real hayotda o‘zi xohish va istaklarni amalga oshiraolmaslik imkoniyatni yo‘qligini o‘rnini to‘ldirish yoki tasalli berish vazifasini bajaradi.
 Regulatorlik vazifasi: Bunda din o‘z e’tiqod qiluvchilarini tartibga solib turishga harakat qiladi.
 Komunikativlik vazifasi: o‘z ichida odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqa bog’lash, muloqot jarayonini ta’minlaydi.


Yüklə 155,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin