O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Dasht zaharli qora ilon (gadyuka)



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə14/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

Dasht zaharli qora ilon (gadyuka). Sirdaryo bo'ylarida ko'pincha uncha katta bo'lmagan ilon — dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4—6 sm. Usti qo'ng'irsimon-kulrang, orqa cho'qqasi bo'ylab to'q rangli egri-bugri yo'li bor, yoki dog'lardan iborat bo'ladi. Respublikada Chirchiq vodiysida Xo'jakentdan Chinozgacha bo'lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida ko'proq, Chotqol tizma tog'larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va sho'ra o'tlar ko'p o'sadigan ko'llarning qirg'oqlarida, sholipoyalar ko'proq yashaydi. Tog'lardagi yaproqli o'rmonlar zonasida kam uchraydi.

2.1 9-rasm. Qora ilon.
Charxilon (efa peschannaya). Charxilon uncha katta bo'lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti qo'ng'ir-kulrang yoki qum rang bo'ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to'qroq bo'ladi. O'zbekistonda charxilon Termiz atroflari va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog' tuproqli cho'llarda juda ko'p. Surxondaryo vodiysi bo'ylab Sho'rchi va Bobotog' tog' etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog'istonning janubiy tumanlarida va Qizilqum cho'lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog' tuproqli va qumli cho'llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko'hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag'irlarda yashaydi.

2.1 10-rasm. Charxilon.
O‘zbekistonda charxilon Termiz atroflarida va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog‘ tuproqli cho‘llarda juda ko‘p. Bu yerda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi bo‘ylab Sho‘rchi va Bobotog‘ tog‘ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog‘istonning janubiy viloyatlarida va Qizilqum cho‘lida ancha kam uchraydi.
Bu ilon asosan sog‘ tuproqli va qumli cho‘llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko‘hna xarobalarda yashaydi. Goho u cho’l yon bag‘irlarda yashaydi. Qishlagandan keyin fevral oyidayoq ko‘rina boshlaydi. Issiq kelgan yillari ko‘pincha qishning o‘rtalarida, yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda (oktyabr-noyabr) ular ko‘pincha inlari ichida isinib yotadi. Yozda faqat tunda aktiv yashaydi.
Yosh charxilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni yeydi. Kattalari kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar (dasht agamalari, tez kaltakesak, gekkon), suvilon va o‘qilonlarni yeydi.
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg‘ochilari 3 tadan 15 tagacha uzunligi 10—20 sm bo‘lgan tirik bola tug‘adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi. Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog‘ida odatda 3—4 oydan keyin nobud bo‘lar edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og‘ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini buzadi. Bundan tashqari burundan, quloqdan va tananing shilliq qavatidan qon ketishi mumkin. Ba’zan ilon chaqqan odam uchinchi kuni halok bo‘ladi. Odatda u bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.

Yüklə 164,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin