Faolligi. Sharq bo’g’ma iloni o’zi uchun uya qazimaydi, odatda kemiruvchilar, toshbaqalar yoki boshqa hayvonlarning tayyor uyalarini egallab oladi. Qishni mana shunday uyalarda 1,8-2,5 metr chuqurlikda yumshoq tuproqlarda qishlab o’tkazadi. Mintaqa iqlimining o’ziga xosligidan kelib chiqib mavsumiy faollik davri davomiyligi turlicha bo’ladi. Markaziy Osiyoning janubidagida sharq bo’g’ma ilonlari mart oyidan noyabrgacha faol bo’lsa, janubiy Balxashorti, Qozog’iston, Mug’ulistondagi vakillari may oyidan sentabrning boshigacha faol bo’ladi.
Ko’payishi. Bahor oylarida ularni faqatgina uyasi oldida pana joylardagina uchratish mumkin. Urg’ochisi iyun-iyul oylarida yoki avgustning oxiri sentabrning boshlarida 5 tandan 34 tagacha tirik tug’adi. Yangi tug’ilgan ilonlarning uzunligi hatto 150-200mm atrofida ham bo’lishi mumkin bo’ladi.
Oziqlanishi. Odatdagi oziq ratsionini turli kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar tashkil etadi, ba’zan esa mayda chumchuqsimonlarni ovlaydi. Odatda tunda uyasi atrofida ov qiladi.
Tabiiy dushmanlari. Sharq bo’g’ma iloni tabiatdagi ozuqa zanjirida ishtirok etadi. Bo’z echkemar, tulkilar, ukki, yirtqich qushlar va quloqdor tipratikan ushbu ilonning tabiiy dushmanlari hisoblanadi.
IKKINCHI BOB BO'YICHA XULOSA
Zaharli Ilonning yuqori jagʻlarida zahar tishlari bo'ladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar bezidan zahar oʻlja tanasiga oqib keladi. Ichki organlari asimmetrik joylashgan. Oʻzbekiston hududida Ilonning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlvor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq, charx ilonlari zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati ,,Qizil kitobi”ga 16 tur va kenja turi kiritilgan. Zaharli ilonlarda ba’zi bir so'lak bezlari zahar ishlab chiqaradigan bezga aylangan. Og'iz bo'shlig'i va hiqildoqdan keyin qizilo’ngach boshlanadi. Go'shtdor, cho'ziluvchan qizilo'ngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan o'tib, qorin bo'shlig'ining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi.