O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə18/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

UMUMIY XULOSA
Ilonlar - tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi Ilon qazilma qoldigʻi (uzunligi 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonning ajdodi echkemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzsimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. To’sh suyagi bo'lmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, o'rta qulogʻi sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyaklari elastik paylar orqali oʻzaro birikkan bo'lib, yirik o'ljani yutayotganida ogʻzining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, oʻtkir, orqaga egilgan, oʻljani ushlab turish uchun xizmat qiladi. Zaharli Ilonning yuqori jagʻlarida zahar tishlari bo'ladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar bezidan zahar oʻlja tanasiga oqib keladi.
O'zbekistonda uchraydigan 58 ta tur sudralib yuruvchilardan quyidagi 16 ta turi kamyob bo'lib O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan: Molchanov to'garakboshi, xentog' to'garakboshi, shtraux to'garakboshi, Said-Aliyev taqir to'garakboshi, Rustamov sink gekkoni, silliq gekkoncha, qalqonli gekkoncha, qoraxoldor kaltakesak, Farg'ona qum kaltakesagi, bo'z echkemar, Hind boygasi, to'rt yo'lli chipor ilon, ko'ndalang yo'lli bo'ritish ilon, Afg'on litorinxi, kapcha ilon, dasht qora iloni. Yuqorida keltirilgan sudralib yuruvchilarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli zoologiya instituti qoshida maxsus zaharli ilonlar saqlanadigan pitomnik bor. Bu yerda kapcha ilon, qora ilon va kо‘lvor ilonlar saqlanadi hamda ulardan qimmatbaho ilon zahari olinadi. Ilon zaharidan qimmatbaho davolash mahsulotlari (laxezis, vipratoks va boshqalar) olinadi va revmatizm, yurak tomirlari spazmasi, bronxial astma va boshqa kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi. Shuning uchun ham zaharli ilonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish talab qilinadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, bizning respublikamizda zaharli va zaharsiz ilonlarning turli turlari uchraydi. Ularning soni yurtimizda me’yorida tarqalgan. Zaharli ilonlardan olinadigan zahar ko’plab kasalliklarga dori sifatida ishlatiladi. Shuning uchun ham biz ularni yana ham chuqurroq o’rganishimiz va ularni sun’iy ko’paytirishni yo’lga qo’yishimiz kerak.


Yüklə 164,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin