O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 484,92 Kb.
səhifə5/6
tarix26.11.2022
ölçüsü484,92 Kb.
#70687
1   2   3   4   5   6
7-8-sinflar uchun kasbiy trening

"O‘ylab top" o‘yini.
O‘yinning maqsadi: Inson shaxsi va tanlagan kasbining mos tushishi hahidagi tasavvurlarni shakllantirish, kasblarning turli-tumanligi to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash.
O‘yinning borishi: Boshlovchi "bosh qahramon" sifatida, bir ishtirokchini taklif etadi. U boshqa ishtirokchilardan yashirin ravishda 5ta kasbning nomini, o‘ziga ma’?ul bo‘lgan tartibda yozadi va boshlovchiga beradi.
Boshqa ishtirokchilar 3 tadan guruhlarga bo‘linadilar har bir guruh muhokama natijasida "bosh qahramon" ning qiziqishlariga mos tushadigan 5 ta kasbni tanlashi va yozishi kerak.
Kasblar yozilgan varaqlar "bosh qahramon"ga beriladi va ular bir guruh tomonidan topilgan kasblarni sanaydi va g‘olib-guruh aniqlanadi. "Bosh qahramon" va g‘olib guruh tomonidan tanlangan kasblar nomi aytiladi.
Kelgusi muhokama jarayonida g‘olib bo‘lgan guruh vakillari boshqa ishtirokchilarga, nima uchun aynan shu kasblarni tanlaganliklari va bu kasblar bosh qahramonning qiziqishlariga, xarakteriga va qobiliyatlariga qay darajada mosligi haqida gapiradilar. O‘z navbatida, "bosh qahramon" o‘zi va g‘olib guruh tanlagan kasblar haqida o‘z fikrini bildiradi. Bundan tashqari, boshqa ishtirokchilar tanlagan kasbi bo‘yicha bilim olishi va kelgusi mehnat faoliyatida unda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi hahidagi fikrlarini bildiradilar. Boshqa ishtirokchilar ham "bosh qahramon" tanlagan kasbni va uning bosh qahramonning individual xususiyatlariga mos kelishini muhokama qiladilar, unga va g‘olib bo‘lgan guruh vakillariga savollar beradilar.


"Mo‘jizalar maydoni" o‘yini.
O‘yinning maqsadi: kasblar olamining turli-tumanligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish, kasblarning nomlarini bilish.
O‘yinning borishi: Ishtirokchilar uch kishidan guruhlarga bo‘linadilar. Birinchi guruh o‘yinni boshlaydi, biror bir kasbning nomini o‘ylaydi va qolganlarga faqat shu kasbning nomi nechta harfdan tuzilganligini aytadi. Soat strelkasi bo‘yicha keyingi guruh harf aytadi. Agar bunday harf kasb nomida bo‘lmasa birinchi guruh bu haqida ma’lum qiladi va o‘yinni keyingi guruh davom ettiradi. Agar aytilgan harf so‘zda bo‘lsa, unda birinchi guruh bu harfning nechtaligini va uning so‘zdagi o‘rnini aytadi. Shu guruh keyingi harfni aytadi. Kasb nomini topgan guruh keyingi kasb nomini o‘ylaydi va o‘yinni davom ettiradi.


Yüklə 484,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin