Maqsad: ishtirokchilarda ruhiy engillik hosil qilish, ularni stressdan xalos qilish
Jarayon: ishtirokchilardan trening muhiti (yoki xona) bo‘ylab erkin xaotik tarzda (ixtiyoriy tarafga qarab) shunchaki harakatlana boshlash so‘raladi. Ularga tasavvurni ishga solish va o‘zlarini og‘ir temir robot deb bilib harakatlana boshlash so‘raladi. Ishtirokchilar 10-15 sekund shunday harakatlangach keyingi ustanovka beriladi, ya’ni endi ular o‘zlarini eriyaotgan temir deb tasavvur qilishlari va harakatda davom etishlari kerak. Yana 10-15 sekund o‘tgach ular o‘zlarini loy deb tasavvur qilib haotik harakatni davom ettirishlari lozim. Endi baland daraxtdan tushayotgan va shamol uchirib ketayotgan barg hazonga aylaning. So‘ngra ishtirokchilarga aytiladi: endi faraz qiling sizlar juda bahaybat darahtlarga aylandingiz, sizlar bitta o‘rmon sizlar. Sizni qattiq shamol silkitib uyog‘dan-buyoqqa tebratmoqda, endi chaqmoq bo‘ldi, yomg‘ir yog‘a boshladi. Yashin urib o‘rmonga yong‘in tushdi va daraxtlar yona boshladi sizlar yonayotgan daraxsizlar. Yong‘in tugadi daraxtlar kulga aylanishdi, o‘zingizni kul deb faraz qiling. Yana tasavvurni ishga soling sizning barcha tashvishu-g‘amlaringiz, muammolaringiz endi mana shu kuldan iborat barchasi kuyib kul bo‘ldi va siz shunchalar engilsizki sal qattiq shamol bo‘lsa uchib ketishingiz mumkin.
Bundan so‘ng ishtirokchilardan o‘z joylariga o‘tirib olishlari so‘raladi va ularning taasurotlari xaqida savollar beriladi, misol uchun: o‘zingizni aytilaga narsadek tasavvur qilganingizda o‘zingizda qanday holatni his etdingiz?, o‘zingizda treningdan oldingi holatingizga qaraganda ancha engillik his etayapsizmi?.
Dostları ilə paylaş: |