O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə76/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

2-sessiya asosiy qism


  1. biz yagona komandamiz mashqi

ishtirokchilar uchta guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’z nomini, gimni va shiorini tanlashi (ishlab chiqishi) lozim. Keyin guruhlar a’zolari vatman varag’i olib, «bizning guruhimiz rasmi»ni chizadilar. Bunda guruh nomini va shiorini ifodalaydilar. Guruh a’zolaridan bir necha kishi guruhning ijodiy ishida ishtirok etadi. Har bir guruh o’z ijodiy ishining taqdimotini o’tkazadi va devorga osib qo’yadi.

Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar va atrofdagilarga yoqishni o’rgatuvchi quyidagi oltita qoida (deyl karnegi taklif qilgan)ni muhokama qiladilar:

Birinchi qoida: atrofdagilarga qiziqish bilan boqing.

Ikkinchi qoida: tabassum qiling

Uchinchi qoida: odamning ismi uning uchun har qanday tilda

Eng yoqadigan va jarangdor so’z ekanligini esda tuting.

To’rtinchi qoida: yaxshi tinglovchi bo’ling. Boshqalarni o’zlari haqida gapirayotganlarida rag’batlantirib turing.

Beshinchi qoida: suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda suhbatlashing.

Oltinchi qoida: suhbatdoshingiz ongiga ta’sir o’tkazing va unga ochiq munosabat bildiring.

Bundan tashqari, ilk o’spirinlarning o’z tengdoshlari to’g’risidagi tasavvurlarini boyitish va shunga muvofiq shaxslarini moslashtirishga yo’naltirish uchun tegishli mavzular bo’yicha suhbat (munozara)lar uyushtiriladi, masalan:

Sizning tasavvuringizdagi «ideal», «zamonaviy» va «yomon» o’spirin» mavzusida suhbat uyushtirish zarur.

ishtirokchilar uchta guruhga ajratiladi. Har bir guruh «syehrli qalpoqcha»dan olingan qog’ozchada yozilgan o’z topshiriqlarini muhokama qiladilar. Bu varaqada qayd qilingan shaxs xususiyatlaridan zarur sifatlarni ajratib oladilar.

So’ng ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar va ular ichidan har bir guruh tomonidan ajratilgan vakil navbati bilan o’z guruhi tanlagan shaxs sifatlarini ma’lum qiladi. Qolganlar ularga qo’shilish yoki qo’shilmasliklarini qayd qiladilar.

Birinchi guruhga topshiriq. «ideal» ilk o’spirin portretini chizing va uning sifatlarini qayd qiling.

Ikkinchi guruhga topshiriq. «zamonaviy» ilk o’spirin portretini tasvirlang. Uning sifatlarini qayd qiling.

Uchinchi guruhga topshiriq. «yomon» ilk o’spirin portretini tasvirlang . Undagi asosiy sifatlarni qayd qiling.

Ishtirokchilar mashq yakunida «ideal», «zamonaviy» va «yomon» ilk o’spirinlarning xususiyatlari bo’yicha «mening qadriyatlarim» deklartsiyasini to’ldiradilar.

Shundan so’ng v. Satir tomonidan ishlab chiqilgan «mening qadriyatlarim» deklartsiyasini trener ovoz chiqarib o’qiy boshlaydi. Har bir ishtirokchi o’zi belgilagan qadriyatlardan birortasi o’qilganda «men-bu men», «men-mashhurman» jumlalaridan tegishlisini takrorlaydi.




  1. qisqacha o’zim haqimda” mashqi

Guruh ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Har biri navbat bilan mimika va pantomima orqali bo’sh vaqtlarida nima bilan shug’ullanishlarini ifodalaydilar. Masalan, ashula aytish, o’qish, sayr qilish, musiqa tinglash. Ishtirokchilar navbatni o’z ixtiyorlariga ko’ra tanlaydilar.


  1. kechirib yuborish“ trening mashg‘uloti.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin