O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə75/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa

Reja:



Trening mazmuni

Davomiyligi

O‘quv vositalari

Mashq maqsadi

1-sessiya kirish qismi



Videorolik

15 daq.

Kompyuter, videoproektor, kalonka

Trening ishtirokchilariga emotsiyalar haqida tushunchalarni berish hamda o’z emotsiyalarini jilovlay olish ko’nikmalarini shakllantirish



“doira ichida doira” mashqi

10 daq.

Talab etilmaydi


Ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tanishuv bir birini ismini eslab qolish o‘zaro yaqinlikni shakllantirish



“rangli panjalar” mashqi


10 daq.

Ko’k, qizil, sariq rangli qo’llar tasviri tushurilgan qog’ozlar

Ishtirokchilarning bir-birlariga nisbatan simpatiya uyg’otish

2-sessiya asosiy qism




“biz yagona komandamiz” mashqi


10 daq.

Vatman varog’i

Ishtirokchilar o’zlarining hissiy barqarorliklarini ta’minlay olishlariga erishish




“qisqacha o’zim haqimda” mashqi


5 daq.

Talab qilinmaydi

Ishtirokchilar mimika va pontamimikalaridan foydalana olishlari hamda mimikalarni o’qiy olishlariga erishiladi




“kechirib yuborish” trening mashg‘uloti


20 daq.

Talab etilmaydi

Ishtirokchilar yillar davomida o’zlaridagi yomon hissiyotlaridan voz kecha olishlariga erishi

3-sessiya xulosa qismi




Qayta aloqa

10 daq.

Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.

Kunning sarhisobini qilish

Jami: 1 soat 20 daqiqa

Trening borishi:

1-sessiya kirish qismi


  1. Videorolik:

Emotsiya (fransuz va lotin tilidan olingan bo’lib — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi.


  1. doira ichida doira” mashqi

Maqsad: ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tanishuv bir birini ismini eslab qolish o‘zaro yaqinlikni shakllantirish.

Jarayon: ishtirokchilarni teng ikki guruhga birlashtirib olinadi, birinchi guruh doira shaklini hosil qilib turib olishlari kerak(agar trening auditoriyada bo‘lsa ishtirokchilar stullardan foydalanib o‘tirib olganlari maqbul), ikkinchi guruh esa birinchi guruh shakllantirgan doira atrofida yana bir doirani yuzaga keltiradilar. Shart shunday: ishki doirada o‘tirgan ishtirokchilar ketma-ket o‘z ismini aytib qo‘shimcha sifatida o‘z ismining bosh harfiga monand biror bir ijobiy sifat aytishi lozim. Masalan: oxunjon-odobli, davronbek-dadil…bunda tashqi aylanadagi ishtirokchilar ichki aylanadagi ishtirokchilarning ismi va sifatini yodlab qolishlari so‘ralsdi. Ichki aylanadagilarning bari ismi va sifatini aytib bo‘lgach tashqi aylanadagi ishtirokchilarning har biri ichkaridagilarni har birini ismi va sifatini aytib chiqadilar. Bu jarayon o‘z yakuniga etgach, tashqi va ichki aylanadagilar o‘zaro o‘rin almashadilar. Endi esa ichki aylanani hosil qilgan guruh bir chekkadan hamma huddi avvalgi ishtirokchilar kabi ismi va va ismini bosh harfiga monand ijobiy sifat aytib chiqadilar. Tashqi aylanani hosil qilgan ishtirokchilar esa yuqoridagi kabi har biri ichkaridagi har bir ishtirokchi ismi va sifatini aytib chiqishlari lozim. Bu orqali ishtirokchilar bir birlarini ismini va qo‘shimcha bir sifatini ham bilib olishlari mumkin bo‘ladi.


  1. rangli panjalar” mashqi

ishtirokchilar xona bo’ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko’k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo’l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko’taradi. Shu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko’proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.

Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-sherigining yelkalarini qoqib qo’yish uchun; «sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so’zlashish ta’qiqlanadi.

Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo’l keladi.




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin