O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127
 
2-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi. Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish 
bosqichlari. 
“Muammoli” vaziyatda ishlash. 
 
“Muammoli vaziyat”
metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. 
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. 
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan 
tanishtiradi. 
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish 
sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar 
jamlanadi. 


111 
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini 
taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. 
Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini 
taklif etadilar. 
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda 
muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. 
 
3-Amaliy mashgulot 
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining ”Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonuni” 
 “Aqliy hujum” metodidan foydalanish o‘rganish.
 
Metodning maqsadi: biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va 
mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining 
yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim 
oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda 
bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz 
kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) 
yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida 
javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va 
ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan 
foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim 
oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini 
faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish 
ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga 
olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy 
hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod 
darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda - 
yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda - mavzudan so‘ng, darsning 
mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar: 
Bildirilgan fikr - g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.


112 
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va 
mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
-ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi; 
-ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki 
doskaga) to‘planadi; 
-fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
-yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin