O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127
O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish.
Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan 
ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini 
"rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija 
bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha 
muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va 
quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.
Faol muloqot va jamoaviy ish. 
STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan 
ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, 
stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va 
rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning 
do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish.
Maktabgacha va boshlang‘ich 
maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-
sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi 
ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. 
STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga 
to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, 
avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika 
tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. 
Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar. 
STEAM ta’limi oltita bosqichdan 
iborat: 
savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish.
Ushbu 
bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yoki turli 
imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda 
bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin.
Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus 
ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar 
bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun 
esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi.


106 
Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga 
munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o‘rni 
shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos 
keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda 
borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish 
kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir 
bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat 
turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish 
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil 
yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda 
bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o‘ziga 
xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy 
va ma’naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga 
qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish 
xohish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga 
yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, 
dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni 
soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish 
yo‘llarini birgalashib qidirishdan iboratdir.
Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish 
markazini 
ixtiyoriy 
tanlay 
boshlaydilar. 
Bolalarni 
mustaqil 
guruhlarda 
ishlashi, 
individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek 
ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda 
muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish 
mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan 
kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki 
moslashtirishi mumkin.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar, 
mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola 
individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi 
turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi 
hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga 
vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini 
amalga oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, 
atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga erishishni 
bilishlari lozim. 
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang‘ich sinflarda 
dastur materialni yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg‘ulotlar 
jarayonida hosil qilinadi. 
Mashg‘ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, 
tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan 
voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni 
rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. 
Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, 
bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi 


107 
malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik xissi takomillashtirilib 
boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi. 
Bolalarni mustaqillikka o‘rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTTda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, 
eng oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlari, musiqa mashg‘ulotlari, qurish-
yasash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari olib boriladi. 
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar katta yoshdagi kishilarning har 
bir bola bilan rejali suratda muomalada bo‘lishidan iborat bo‘lib, bu mashg‘ulotlarning maqsadi 
bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg‘ulotlarga tayyorlash 
bosqichidir; go‘daklar ixtiyoriy diqqat o‘sib borgani sari, bunday mashg‘ulotlar bir necha bola 
bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bilan bir yo‘la olib boriladi. 
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni 
u bolani aktiv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa 
boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun, mashg‘ulotga tayyorlanishda 
bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur: mashg‘ulotning vaqtini, kun tartibidagi o‘rnini 
dasturning har xil bo‘limlarini to‘g‘ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish 
zarur. 
Mashg‘ulotlarni kuning birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, 
birinchidan bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug‘lik bilan 
yaxshi ta’minlangan bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin