O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish.
Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan
ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini
"rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija
bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha
muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va
quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.
Faol muloqot va jamoaviy ish.
STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan
ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha,
stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va
rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning
do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish.
Maktabgacha va boshlang‘ich
maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-
sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi
ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.
STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga
to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar,
avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika
tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada.
Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar.
STEAM ta’limi oltita bosqichdan
iborat:
savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish.
Ushbu
bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yoki turli
imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda
bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin.
Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus
ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar
bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun
esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi.
106
Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga
munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o‘rni
shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos
keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda
borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish
kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir
bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat
turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil
yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda
bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o‘ziga
xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy
va ma’naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga
qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish
xohish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga
yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish,
dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni
soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish
yo‘llarini birgalashib qidirishdan iboratdir.
Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish
markazini
ixtiyoriy
tanlay
boshlaydilar.
Bolalarni
mustaqil
guruhlarda
ishlashi,
individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek
ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda
muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish
mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan
kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki
moslashtirishi mumkin.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar,
mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola
individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi
turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi
hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga
vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini
amalga oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi,
atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga erishishni
bilishlari lozim.
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang‘ich sinflarda
dastur materialni yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg‘ulotlar
jarayonida hosil qilinadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi,
tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan
voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni
rivojlantirishga katta e’tibor beriladi.
Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik,
bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi
107
malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik xissi takomillashtirilib
boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o‘rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTTda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini,
eng oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlari, musiqa mashg‘ulotlari, qurish-
yasash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar katta yoshdagi kishilarning har
bir bola bilan rejali suratda muomalada bo‘lishidan iborat bo‘lib, bu mashg‘ulotlarning maqsadi
bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg‘ulotlarga tayyorlash
bosqichidir; go‘daklar ixtiyoriy diqqat o‘sib borgani sari, bunday mashg‘ulotlar bir necha bola
bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bilan bir yo‘la olib boriladi.
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni
u bolani aktiv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa
boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun, mashg‘ulotga tayyorlanishda
bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur: mashg‘ulotning vaqtini, kun tartibidagi o‘rnini
dasturning har xil bo‘limlarini to‘g‘ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish
zarur.
Mashg‘ulotlarni kuning birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki,
birinchidan bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug‘lik bilan
yaxshi ta’minlangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |