O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1.
Ta’lim deb nimaga aytiladi? 
2.
Ta’limni amalga oshirish yo‘llari qaysilar? 
3.
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi qanday metodlardan foydalanadi? 
4.
MTTlarda ta’lim berish shakli qanday turlarni o‘z ichiga oladi? 
5.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda nimalarni hisobga 
olish muhim? 
6.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuniga nimalar kiradi? 
7.
STEAM uslubining afzalligi nimada? 
 
20-Mavzu: MTTni nazorat qilish va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkillashtirish 
Reja: 
1.
 
Nazorat qilishning usul va uslublari. 
 
2.
Nazorat qilishda rahbarning boshqaruv uslubi. 
 
3.
Maktabgacha ta’lim tashkilot bo`yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari.
 
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan 
rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi. Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, hukumat, 
ko'rsatma, yo'l-yo'riqlarini, «Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, 
maktabgacha ta'lim yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta'lim ahvolini tekshirish, 
shuningdek, maktabgacha ta'lim bilan bog'liq bo'lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. 
Bu - «Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom», «Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi», «Ilk qadam» 
davlat dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratdir. 
Bu - har bir maktabgacha ta'lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo'qotish choralarini 
ko'ruvchi, pedagogik ta'limtarbiya, pedagogik ish sifatini o'stirishda aniq amaliy yordam 
ko'rsatuvchi tekshirish shaklidir. 


108 
Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O'zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «Maktabgacha ta'lim Konsepsiya»sida ko'rsatib berilgan ilmiy jihatdan 
asoslangan g'oyalar egallaydi. O'zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tizimi - 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. 
Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik 
tamoyillari asosida amalga oshira borib, maktabgacha ta'lim bo'limlarida nazorat ishlarini amalga 
oshirishda asosiy negiz bo'lib xizmat qiladi. 
Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki bunda barcha joriy qonunlar va 
me'yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi. Ulug' 
bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: 

Qasrda qonun hukmronlikqilsa, shuyerda 
erkinlikbo'ladi

. Maktabgacha ta'lim bo'limlarida nazorat amalga oshiradi. 
Nazoratchi-metodist - bu ma'liim sohaga tegishli qonunqoidalarning to'g'ri bajarilishini nazorat 
qiluvchi shaxs. Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon - uning ishini tashkil qila bilish 
qobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar 

Ha, bu xalq farovonligi yo'lida 
g'amxo'rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak qo'yuvchi rahbar, deya olsin


Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan tizimini ishlab chiqish, o'tmishni 
mas'uliyat bilan tahlil etish - kelajak yo'lini talab borishini, o'tkir muammolarni tortinchoqlik bilan 
emas, balki ro'yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi. Bu vazifalarni to'g'ri, o‘z vaqtida amalga 
oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 
nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin