Tayanch tushunchalar: ta’lim, metod, kuzatish, mashg‘ulot, dastur, STEAM uslubi, o‘z- o‘ziga ishonchni shakllantirish, faol muloqot va jamoaviy ish. Ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam-rejali ravishda
rivojlantirib borish, MTTning talim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi
bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki, ta’lim jarayonida aqliy
tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi.
Ta’lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi
sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTTda bolalarga madaniy – gigienik
ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar.
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda
muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo‘l bilan amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda
bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni
kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan
ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy,
madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanadi.
Bular: ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy, o‘yin metodlari, kuzatish, tushunish, mashq, didaktik
o‘yinlar, ko‘rsatish, namoyish etish, so‘zlab berish, o‘qib berish, hikoya qilish, harakatli o‘yinlar
va h.zo.
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar
ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa
asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi.
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir.
Kuzatish metodi ma’lum ob’ektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o‘zini yoki tasvirini
ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar,
o‘simliklar, kishilar hayoti bilan) qo‘llaniladi.
103
Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish. O‘rta guruhdan
boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa
suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi.