100
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar va boshqa oila a’zolari uchun
o‘tkaziladigan kechalar mavzuli harakterga ega bo‘lib. “Musiqa va hayot”, “Bola hayotida kitob”,
“Bola va tabiat” kabi mavzularni tanlash mumkii.
Hamkorlikning bu shaklining o‘ziga xosligi shundaki, unda qisqacha axborotdan so‘ng
yig‘ilganlarga bolalar, MTT xodimlari va ota-onalarning badiiy chiqishlarini ko‘rish tavsiya
qilinadi. M: musiqiy rahbarning chiqishidan so‘ng bolalar o‘zlari o‘rgangan ashula, o‘yinlarni
bajarishadi, sahnalar ko‘rsatishadi yoki biror ertak sahnalashtiriladi.
Bunday kechalar uchun “Bolani qanday sevish kerak?”, “Bolalar tarbiyasida otaning
roli”, “Biz o‘z bolalarimizni bilamizmi?”, “Savol va javoblar kechasi” va h.k. mavzularni tanlash
mumkin.
Ota-onalarning bolalar yozuvchilari, shoirlari, bastakorlari bilan uchrashuvlari foydalidir.
Oila bilan ishlashning og‘zaki jurnal, yumaloq stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija
beradi, bunda pedagog, shifokor, huquqshunos va b. ishtirok etadi.
Bolalar tarbiyasida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ota-onalarga
yordam berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to‘garaklar tashkil etilib, undagi
mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qishni, turli xil ovqatlar tayyorlashni
o‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayyorlash san’ati
o‘rgatiladi.
Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq eshiklar kunlari diqqatga
sazovordir. Ota-onalarni tanlov xarakteridagi tashkiliy-pedagogik ishlarga jalb qilish, M: yumshoq
o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli-rolli o‘yinlar,
maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar yillik rejada o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov shartlarini
umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va ma’qullatib olish kerak.
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joylariga ma’lum qilish
kerak, bundan ular ma’naviy qoniqish oladi.
Bunday ishlarni o‘tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Buvi va
buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham,
tarbiyachilar uchun ham qimmatlidir.
Shunday qilib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka
asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Bolalarni maktabga
tayyorlashda oila alohida ahamiyat kasb etadigan maskandir. Oila bolani maktabga tayyorlashda
tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat
tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat
ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, MTTga jalb qilingan bolalar uchun
bolalar bog‘chasida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda
oladi. Oila sharoitida ta’lim MTT bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilsagina kutilgan natijalarga
erishish mumkin. Shu maqsadda MTT oilalarga metodik yordam ko‘rsatadi. Bu boradagi
pedagogik faoliyat jamoaviy va indiviual ishlar shaklida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: