97
beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi,
imkoniyatlari,
o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun
ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari MTTga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning
navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday
kiyinayotganini ko‘radilar va bolalarning o‘quv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining
rejasi va hisobotida, kundalik
daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida ikki marta borishi
kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda ayrim
masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etadi. M:
bolalarni
tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar,
bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
MTTning yillik ish rejasi to‘g‘risida;
ota-onalar jamoatchiligining ishi haqida.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy
majlislari, maslahatlar,
konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish
shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: