96
bolalarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashish va bu jarayonni chuqur tushunishga doir
yetarlicha ma’lumotga va pedagogik tayyorgarlikka ega emas.
Uchinchi qoida.
Pedagogik takt, oila hayotiga nojo‘ya aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi.
Tarbiyachi – rasmiy shaxs, biroq u o‘z faoliyatida oila
hayotining maxfiy tomonlariga,
“boshqalar”dan sir saqlanadigan tomonlariga ham daxldor bo‘ladi. Yaxshi tarbiyachi oila uchun
begona bo‘lmaydi, ota-onalar yordam qidirganlarida ularning bu vaziyatdan chiqishlariga
ishonadi, maslahat beradi. Oila qanday bo‘lishi, ota-onalar tarbiyachilar bilan qanday bo‘lishlariga
qaramasdan, tarbiyachi hamma vaqt uddaburon, yordamga tayyor bo‘lishi kerak.
Oila haqidagi
hamma narsaga yaxshi tomondan e’tibor qaratishi, tarbiyada ota-onalarga yordam ko‘rsatishi
kerak.
To‘rtinchi qoida.
Oilaviy muammolarni hal qilishga doir qaror qabul qilishda ko‘tarinki
ruh va kayfiyat,
bolaning ijobiy sifatlari, oila tarbiyasining kuchli tomonlari, shaxsning
muvaffaqqiyatli rivojlantirishga tayanish. Tarbiyalanuvchining
xarakterini shakllanishi
qiyinchiliklarsiz, qarama-qarshiliklarsiz kechmaydi. Agar bu jarayon shaxs rivojlanishi
qonuniyatining namoyon bo‘lishi sifatida idrok etilsa,
u holda mazkur qiyinchilik, qarama-
qarshilik, kutilmagan natijalar tarbiyachining sarosimaga tushib qolishiga olib kelmaydi.
Hammamizga yaxshi ma’lumki, yuzaga kelgan pedagogik vazifalarni hal etishning o‘nlab usullari
mavjud, biroq ulardan faqat biri mazkur aniq vaziyat uchun to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ana shuning
uchun ham maktabgacha pedagogikaga tayyor ko‘rsatma sifatida emas, shaxsga samarali ta’sir
etishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan sifatida qarash kerak.
MTT va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda
MTT direktori, pedagoglar jamoasi va ota-
onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga
erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar,
maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish,
alohida esdaliklar va
ko‘chma papkalardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: