O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
pedagogik ta’lim universiteti
ishlaydi. Mashg‘ulotlar ham 
ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar auditoriyasi bunday ish 
shakliga tayyor emas. Tez-tez ta’lim tashkilotlarida bunday “universitet” tizimi ishlari 
soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi. 
MTTda tarbiya jarayonini tashkil etish muammolari bo‘yicha ota-onalarning an’anaviy 
yillik ilmiy-amaliy anjuma
ni shakllantiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab 
olinadi. MTT va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi. 
Shundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo‘lishi mumkin. 
Ochiq eshiklar kuni yoki MTTda ota-onalar kuni juda katta tayyorgarlikni talab etib, 
odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi bosqichga o‘tishlariga mo‘ljallanadi. MTT maxsus 
jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayyorlanadi. 
 
Bayramni o‘tkazishning namunaviy tuzilishi:

majlislar zalida o‘ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun MTT faol 
tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida 
tarbiyalanuvchilar belgilanadi; 

guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qanday yashayotganliklari, 
qanday ta’lim olayotganliklari, nimani o‘rganganliklari, o‘zlarining ko‘nikma va 
malakalarini namoyish etishadi; katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari suvenirlar 
tayyorlashada va ota-onalarga topshirishadi); 

ko‘rgazmalarga tashrif buyurish: “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi qo‘lda bajarilgan 
ishlar”, “Kichik musavvirlar va konstruktorlar” va boshqalar; 


94 

ota-onalar qo‘mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari; 

tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko‘rishi; 

ota-onalar uchun film namoyish etish. 
Albatta bunday ochiq eshiklar kunini o‘tkazish variantlari ko‘p. Eng asosiysi MTTda olib 
borilayotgan ishlarni namoyish etish, ota-onalarning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin