O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127
Oilaning bolani maktabga 
tayyorlashda o‘rni 
Munosabat shakllari 
Ijtimoiy-biologik 
муносабатлар 
Xo‘jalik-iqtisodiy 
муносабатлар 
Axloqiy 
муносабатлар
Psixologik 
муносабатлар 
Oilaviy munosabatlarning shakllari 


92 
Kelajak avlodga 
estetik tarbiya
berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida 
qo‘shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino ko‘rish 
va tahlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va 
hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. 
Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandlarining 
jismoniy barkamolligi
ga o‘ta mas’uliyat 
bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda 
bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish 
vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur. 
Bola hayotida 
mehnat tarbiyasi
muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning 
qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda 
mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning 
mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishlari 
lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek, 
maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni 
bundan keyin yanada takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya 
bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari pedagogik omillar, bu 
sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va tarbiyachi-uslubchilarning muhim vazifasidir. 
Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya 
ishining qo‘yilishiga majmuaviy yondashuvga ta’lim muassasalari, oila va jamiyatchilikning to‘liq 
o‘zaro ta’siri va harakatlarning birligiga bog‘liq. 
Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar ekanmiz, 
maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada tarbiyaning ota-onalar bilan hamkorlikda, bundan keyin 
yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning 
ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda MTT xodimlari, pedagog olimlar, bu sohada 
ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchi va metodistlarning o‘rni juda katta. 
Bola kunning asosiy qismini MTTda o‘tkazsa ham, inson komoloti uchun eng muhim 
bo‘lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi oilada qo‘yiladi. Shu sababli ham maktabgacha 
ta’lim pedagogikasining asosiy maqsadi bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama 
tayyorlashda MTT bilan oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. MTTning oila bilan ishlash 
tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan 
ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni 
tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlari ota-onalar va oila bilan 
hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakllarini keltiramiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin