89
pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini
kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo‘lishi ifodalanadi:
muloqot
tashabbusini boshlash;
birinchi yaqinlik;
biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj;
musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish;
sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish,
qarshilik, janjal);
guruhda bolalarning tutgan o‘rni bo‘yicha farqlanishi paydo bo‘ladi.
7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo‘lgan yosh davri tugaydi. Bu davrdagi asosiy
ko‘nikmalar bo‘ilb quyidagilar sanaladi:
bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining
o‘zlashtirilishi;
boshqa kishilar bilan pozitiv
muloqot qila olish qobiliyati;
“maktab o‘quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda, u nima qilish
kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to‘la tushuna olish
bilan bolaning
maktabga borish istagining paydo bo‘lishi.
Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik madaniyatining
predmetlari sifatida o‘zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qilishni o‘rganadilar;
ularda jinsiy identifikatsiyalanish rivojlanadi, maktab o‘quvchisi pozitsiyasi shakllanadi.
Maktabgacha bo‘lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda
bilishga doir va shaxsiy
rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo‘lib, bu unga maktabda keyinchalik muvaffaqiyatli
o‘qishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: