ETISHNING AHAMIYATI. REJA: 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari.
2. Tayyorlov guruh bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari.
15-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi .
REJA: 1.
“Oila” tushunchasi va uning mohiyati.
2.
Oilaning bolani maktabga tayyorlashda o‘rni.
3.
MTTning oila bilan ishlash shakllari.
4.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmun.
Tayanch tushunchalar: oila, MTT, hamkorlik, oila va MTT hamkorligi, ota-onalar bilan ishlash, ota-onalar bilan ishlash shakllari. Oila – nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi,
o‘zaro axloqiy javobgarligi va o‘zaro yordamiga asoslangan
qon-qarindoshlarning kichik guruhi.
Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud
bo‘lgan oilaga quyidagicha ta’rif mavjud: “Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,
yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy
tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar
doirasidan iborat bo‘lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona
an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan
fuqarolar ittifoqidan iboratdir”.
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka asoslanishi hamda
jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega, shuningdek, jamiyat va davlat oilani, otalik,
onalik va bolalikni himoya qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar
joriy etilishini ta’minlaydi.
Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydi. Oilani tashkil etuvchi
ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug‘chilik rishtalari bilan bir-biriga bog‘langan bo‘lib,
ular o‘rtasidagi munosabatlarga xos bo‘lgan muhim jihatlar – o‘zaro mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik,
mas’uliyatlilik va albatta, hayot, turmush tarzidagi umumiylikdir.
Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo‘g‘ini, ijtimoiy tarbiya
jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta, oilada
o‘z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab chiqarish, kasbiy, siyosiy ijtimoiy birlashmalardan farqli