O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Pedagogik maslahat
– MTT tomonidan ota-onalarga maktabgacha ta’lim yoshi bolalarini 
samarali tarbiyalashga doir muammolarni hal qilishda ko‘rsatiladigan amaliy-metodik yordam. 
Maslahatning pedagogik-psixologik shartlari o‘zida tarbiyachi va psixologning ota-onalarning 


95 
tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga yordam ko‘rsatishga tayyor turish, ota-onalarda paydo 
bo‘lgan savollar bo‘yicha aniq tavsiya maslahatlar berishni aks ettiradi. 
MTTda
ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik
reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda
muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy 
majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, 
suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida
ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek bu tadbirlarni o‘tkazish 
vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. 
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-
metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. 
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi-pedagog amalga oshiradi, 
chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar
hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq
e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun 
tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. 
Tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va metodlarini 
tavsiflashdan oldin ularning o‘zaro birgalikdagi faoliyati va oila bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish 
usullarining ba’zi psixologik-pedagogik ta’sirlariga to‘xtalib o‘tish lozim. 
Birinchi qoida.
MTT va tarbiyachilarning oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari 
asosida ota-onalarning obro‘sini oshirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakat va tadbirlar 
turishi kerak. Ota-onalar bilan maslahatlashganda, hech vaqt “qilishingiz kerak”, “majbursiz” kabi 
jumlalarni ishlatmaslik ma’qul. Chunki ko‘pchilik ota-onalar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar, 
faqat amaliyotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch kelishlari 
mumkin. Tarbiyachi va ota-onalarning o‘zaro munosabatlarining yagona to‘g‘ri shakli – bu o‘zaro 
hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona 
qaror shakllantirilsa, ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning 
qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-onalarda ham shaxsiy javobgarlik hissini, 
talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi.
Ota-onalarning ish joylariga “Rivojlanish xaritasi”, “Ochiq jurnal” kabilarni olib borish 
kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-onalar bilan suhbatda “qora ro‘yxat”dagi ma’lumotlardan 
foydalanish ham yaxshi foyda bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolalaridan norozilik 
paydo bo‘ladi, ikkinchidan ta’lim muassasasiga nisbatan ularda salbiy munosabat shakllanadi. 
Keyin ota-onalar ta’lim tashkilotiga borgisi kelmasligi, ular bolalari haqida yomon fikr 
aytganliklari uchun ko‘ngli tortmasligini aytib arz qiladi. Ba’zan bunday holat oilada ota-ona 
munosabatlari yomonlashuviga ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim tashkilotiga nisbatan 
ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo‘ladi. Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl 
va metodlarini tanlashda qabul qilingan qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini 
mustahkamlash va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin