O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
 
Ota-onalar majlisi
– an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum ish shakli. Shu bilan birga 
bugun majlis o‘tkazish metodikasi uni takomillashtirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil 
etishga yondashuvlardan biri – majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: 
“Qiyinchiliklardan qochish yoki ularni chetlab o‘tish bolalarni tarbiyalashga yordam beradimi?”, 
“Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechiktirish mumkinmi?”, “Bolalardagi dangasalikni 
qanday yo‘qotish kerak?”, “Bolalarni o‘zini-o‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?” 
Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak.
MTTda tashkil etiladigan 
individual ishlar
ota-onalar bilan ishlashda muhim o‘rin tutadi.
Individual ish shakllaridan biri – 
tarbiyalanuvchining oilasiga tashrif buyurish
dir. Bu 
shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma’lum, biroq, ikki holatda tashrif buyurish 
to‘xtatilishi zarur. 
Oila tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur. Statistik 
ma’lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda 
tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchiga tashrif buyurish uchun qulay emas. 
Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi 
mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borganda kim bilan suhbatlashishni ham 
rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, “taklif bo‘yicha tashrif 
buyurish” tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiyalanuvchilarning salbiydan 
ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi.
Bola oilasi bilan aloqalarni o‘rnatish shakllaridan biri dastlabki 
pedagogik topshiriq
ni 
bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiyachining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning 
bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz (yakka, guruhiy, jamoaviy) 
ishlash, faol tarbiyaviy nuqtai nazarni talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog‘liq 
to‘garaklarga rahbarlik qilish va boshqalar. Tarbiyachiga tashkiliy yordam ko‘rsatishni talab 
etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga yordamlashish (transport, yo‘llanma bilan 
ta’minlash); taniqli kishilar bilan uchrashuvlarni tashkil etishga ko‘maklashish; guruh xonasini 
jihozlashga yordamlashish. Xo‘jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta’lim tashkilotining 
moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, 
o‘quv jihozlari va qurollarini tayyorlashga ishtirok etish; ta’mirlash ishlariga yordam berish. 
Pedagogik topshiriqlarning sanab o‘tilgan mazkur turlari ota-onalarning ijtimoiy ishlarining 
barcha turlarini qamrab olmaydi. Ota-onalarga ular nima bilan shug‘ullanishni xohlayotganliklari 
bo‘yicha savol bilan murojaat va anketa to‘ldirishni taklif etish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin