O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mashg‘ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
Mashg‘ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli. 
Mashg‘ulot ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulot – 
pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi 
bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, 
gigienik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va 
ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egalaydi. 
Mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni tashkil etish shaklidir. 
Ta’lim shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan 
faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi. 
Ta’lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatiga, 
o‘tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o‘rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limning 
frontal (umumiy), jamoaviy va yakka
tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari ekskursiya, 
didaktik o‘yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg‘ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, 
ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi. 
Mashg‘ulot maktabgacha yoshdagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur 
mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot 
tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor 
qiladi, bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin 
murakkablashtirilib boriladi. 
Mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot orqali 
bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish 
kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana 
boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi 
faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topog‘onligini namoyon qilish 
imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishning talab etuvchi vazifa qo‘yilganda 
birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, 
qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni 
eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona 
jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi 
o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, 
topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi. 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti”da “Maktabgacha ta’lim tashkiloti 
ta’lim dasturi” aks etgan. Dastur - muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar 
(mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid 
Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali 
shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar.
Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan 
qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat 
talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zarur tarkibiy 
qism hisoblanadi. 
Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonining 


104 
rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks 
yondashuvni nazarda tutadi.
Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat 
talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini ko‘rsatib 
berishi lozim.
Dasturda bola rivojining beshta ta’lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim 
faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim 
faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish 
bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari.
O‘quv dasturda maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda 
bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga 
olish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga 
quyidagilar ko‘rsatiladi:
- maktabgacha ta’lim tashkilotining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni 
madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi 
xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
- muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli 
ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. 
Albatta maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi 
innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga 
tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning 
doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z 
bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib 
moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida tashkil 
etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi:

o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

tanqidiy fikrlash;

tanlashni amalga oshirish;

muammolarni eta olish;

ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;

odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish. 
Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‘lmaydi! Inson 
faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy 
bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi 
mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va 
bilimlarga muhtoj bo‘ladi. 
Rivojlantiruvchi markazlar STEAM uslubi asosida tashkil etilgan bo‘lib, bunda ta’lim 
o‘yin orqali amalga oshiriladi. 
STEAM uslubi - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar 
olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, 
matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM - 
ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni 
qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday 
ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini 
rivojlantirish bo‘lib, bunda ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy 


105 
ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni 
rivojlantirish modullari kiradi.
STEAM (S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - san’at, M - matematika) - ilm-fan, 
texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. 
STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga 
quyidagicha yordam beradi:
- Muammolarni keng qamrovli tushunish;
- Ijodiy fikrlash;
- Muhandislik yondashuv; 
- Tanqidiy fikrlash; 
- Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash;
- Dizayn asoslarini tushunish. 
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. 
Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish 
maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va 
shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, 
jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini 
o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin