O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127
12- Amaliy mashg‘ulot
 Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiyani tashkil etilishi 
“Muammoli” vaziyatda ishlash. 
“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. 
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. 
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan 
tanishtiradi. 
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish 
sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar 
jamlanadi. 
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini 
taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. 
Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini 
taklif etadilar. 
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda 
muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. 
 
 
13- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat 
markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. 
“INSERT” USULI 
Samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib 
o‘rganishga yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari kitob va boshqa materiallar oldindan tinglovchiga 
vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib “V”; “+”; “-“; “?” belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi. 
(V)- Men bilgan narsani tasdiqlaydi. 
(+)- Yangi ma’lumot 
(-)-Men bilgan narsaga zid. 
(?)-Meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin