116
«Nima uchun?» texnikasi
sxemasini tuzish qoidalari
1.Mulohazalarning sxematik ko‘rinishi qanday bo‘lishini o‘zingiz hal etasiz.
2.Har bir strelka fikr yo‘nalishini ko‘rsatishi lozim.
11- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Bola shaxsini rivojlanish omillari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lomlashtirish
tadbirlarini tashkil qilish,sport musobaqalarini o’tkazish.
“Xulosalar” metodida ko‘rish.
Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi
mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki,
bunda mavzuning turli
tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda
muhokama etiladi. Masalan, muammo
ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari,
foyda
va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy,
aniq mantiqiy fikrlashni
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda tinglovchilarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki
shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza
mashg‘ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy vaseminar mashg‘ulotlarida
kichik
guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash
maqsadida foydalanish mumkin.
Metodni amalga oshirish tartibi:
-
pedagog ishtirokchilarni 5-6 kishidan iborat
kichik guruhlarga ajratadi;
-
trening maqsadi, shartlari va tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirgach, har bir guruhga
umumiy muammoni tahlil qilinishi zarur bo‘lgan qismlari tushirilgan
tarqatma materiallarni
tarqatadi;
-
har bir guruh o‘ziga berilgan muammoni atroflicha tahlil qilib,
-
o‘z mulohazalarini tavsiya etilayotgan sxema bo‘yicha tarqatmaga yozma
bayon qiladi;
Sabab
Sabab
Sabab
Sabab
Sabab
Muam
mo
117
-
navbatdagi bosqichda barcha guruhlar o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar.
Shundan so‘ng, pedagog tomonidan tahlillar umumlashtiriladi, zaruriy axborotlar bilan to‘ldiriladi
va mavzu yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: