O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127
 
17-Amaliy mashg‘ulot 
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari. 
“Blits-oyin” metodi
Metodning maqsadi: 
tinglovchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, rejalashtirish, 
prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash 
maqsadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.
Metodni amalga oshirish bosqichlari: 
1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, yahni tarqatma 
materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Shundan 
so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi “yakka baho” kolonkasiga belgilash kerakligi 
tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi. 
2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga 
birlashtiradi va guruh ahzolarini o‘z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga 
tahsir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini “guruh 
bahosi” bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt 
beriladi. 
3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-o‘qituvchi 
tomonidan o‘qib eshittiriladi, va o‘quvchilardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish 
so‘raladi.
4. “To‘g‘ri javob” bo‘limida berilgan raqamlardan “yakka baho” bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib, 
farq bo‘lsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. Shundan so‘ng “yakka xato” bo‘limidagi farqlar 
yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda “to‘g‘ri javob” va “guruh bahosi” o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar “guruh 
xatosi” bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.
6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi boyicha alohida-alohida 
sharhlab beradi. 
7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu boyicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin