12. Bu davrda bolaning bo‘yi bu davrda 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. a) kichik yosh davri;
b) ilk yosh davri;
c) go‘daklik davri;
d) katta yosh davri.
13. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg, bo‘yi 90-95 smga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. Bu o‘rinda qaysi yosh davri xususida so‘z bormoqda? a) kichik yosh davri;
b) ilk yosh davri;
c) go‘daklik davri;
d) katta yosh davri.
14. Bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Ushbu xususiyatlar qaysi yosh davriga xos? a) kichik yosh davri;
b) o‘rta yosh davri;
c) go‘daklik davri;
d) katta yosh davri.
15. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bo‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila oladi. Bu o‘rinda qaysi yosh davri xususida so‘z bormoqda? a) maktabga tayyorlov davri;
137
b) o‘rta yosh davri;
c) go‘daklik davri;
d) katta yosh davri.
16. Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda nimaga tayaniladi? a) ota-onaning fikriga;
b) tabiiy ta’lumotnomaga;
c) tashxis markazining xulosasiga;
d) bolaning o‘qishga bo‘lgan xohishiga.