23. Tarbiya jarayonini tashkil etishga zamonaviy yondashuvlarning necha turi mavjud?
a) 2 turi;
b) 4 turi;
c) 6 turi;
d) 7 turi.
24. Aqliy, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik va iqtisodiy tarbiya. Ular nimani
ifodalaydi?
a) MTTda tashkil etiladigan ijtimoiy tarbiya turlarini;
b) MTTda tashkil etiladigan ijtimoiy tarbiya mazmunini;
c) MTTda tashkil etiladigan ijtimoiy tarbiya vazifalarini;
d) MTTda tashkil etiladigan ijtimoiy tarbiya natijasini.
25. Tarbiyalanuvchilarning intellekti, bilish imkoniyatlari, iqtidor, qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat va jarayon nima deb ataladi?
a) ekologik tarbiya;
b) estetik tarbiya;
c) axloqiy tarbiya;
d) aqliy tarbiya.
26. Tarbiyalanuvchilarda dastlabki mehnat ko‘nikma, malakalarini, mehnatga ijobiy
munosabatni shakllantirib, ularni o‘zgalar mehnati va mehnat mahsullari (natijalari)ni
qadrlashga o‘rgatadigan tarbiya turi qanay nomlanadi?
a) ekologik tarbiya;
b) mehnat tarbiyasi;
c) axloqiy tarbiya;
d) aqliy tarbiya.
27. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq
tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi qanday nomlanadi?
a) jismoniy chiniqish;
b) jismoniy mashqlar;
c) jismoniy madaniyat;
d) jismoniy tarbiya.
28. B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning qanday xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi?
a) tarbiyaviy, ta’limiy, sog‘lomlashiruvchi, umummadaniy, individual;
b) rivojlantiruvchi, tarbiyaviy, ta’limiy, sog‘lomlashiruvchi, umummadaniy;
c) rivojlantiruvchi, tarbiyaviy, sog‘lomlashiruvchi, chiniqtiruvchi, umummadaniy;
d) rivojlantiruvchi, ta’limiy, sog‘lomlashiruvchi, umummadaniy, individual.
29. Tabiiy omillar, gigiyenik shart-sharoitlar, jismoniy mashqlar. Ular nimalar sanaladi?
a) jismoniy tarbiyaning muhim omillari;
b) jismoniy tarbiyaning muhim elementlari;
c) jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari;d) jismoniy tarbiyaning asosiy shartlari.
|