O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
 
Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish
. Pedagogik bilimlarni targ‘ib etish 
natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada MTTda tarbiyalash tamoyillarini ongli ravishda 
anglab oldi. 
Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida 
ma’ruzalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik targ‘ibot ishining keng 
ommalashgan vositalaridir. Targ‘ibot, shuningdek, vaqtli matbuot: “Maktabgacha ta’lim”, “Xalq 
ta’limi”, “Pedagogik ta’lim” kabi jurnallar, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va 
metodik adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi. 
Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila 
tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘risida 
kinofilm va spektakllar namoyish qilish.


99 
Bu mashg‘ulotlarni turli sohalar bo‘yicha yuqori malakali tarbiyachi, aktyor, ruxshunos 
mutaxassislar olib boradi. 
Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagi 
shartlar
ga amal qilish kerak:
1. Pedagogik targ‘ib hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. 
Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari 
va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib 
boriladi. 
2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularni 
oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boriladi. 
3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalar har xil saviyada ekanliklari hisobga olib, ular 
uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning xis tuyg‘usiga ta’sir 
ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. 
Shunday qilib, MTT va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib 
borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin. 
MTTda ota-onalar bilan ishlashning eng samarali 
shakllaridan biri ochiq eshiklar kunidir. MTT ishining 
murakkabligi, ko‘p qirraliligi va uning bolalar 
tarbiyasidagi ahamiyatini tushunish uchun hamma ota-
onalar MTTda bo‘lib turishlari kerak. 
Ochiq eshiklar kuni jamoaning o‘z kalendar 
yillik rejasi bo‘yicha, har bir yoshdagi guruhning ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi mehnat kunidir. 
Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi. 
Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish mo‘ljallanganda avval tayyorgarlik ishini o‘tkazish zarur, 
ya’ni, ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, mashg‘ulotlarning borshi, sayr 
qilish va boshqa ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari haqida ma’lum qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda bo‘lish, ularning 
faoliyatida imkoni boricha ishtirok etish, tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazayotgan bolalar diqqatini 
chetga tortmaslik, o‘zining farzandiga hatto u diqqat qilmayotgan yoki biror narsani noto‘g‘ri 
qilayotgan bo‘lsa ham tanbeh bermaslik, o‘z tassurotlarini, fikrlarini ko‘rik tugagandan so‘ng 
bolalar ishtirokisiz aytish mumkinligi kabi odob qoidalariga rioya qilishni iltimos qilinadi. 
Ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif etish, 
keyinchalik esa “Ota-onalar bizning mehmonimiz” yoki “Bizda ochiq eshiklar kuni” mavzuida 
foto ko‘rgazma tashkil etish mumkin. Bu ko‘rgazma MTTga shu kun tashrif buyurmagan ota va 
onalarda ancha qiziqish uyg‘otadi. 
Bolalarni tarbiyalash san’ati haqida ma’ruza va suhbatlar siklini tashkil etish mumkin. 
M: respublika, viloyat, tuman va mahallalardagi namunali oilalar tanlab olinib, oilalarda ota-
onalar qarashidagi birlik, o‘zaro munosabatda rostgo‘ylik, samimiylik va mehnatsevarlik yuqori 
axloqiy g‘oyalarni shakllantiradi mazmunidagi suhbat va ma’ruzalarni o‘tkazib turish samara 
beradi. 
Ota-onalar bilan MTT xodimlarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning 
mazmuni maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlayotgan sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi 
faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir-birini tushunish
topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin