O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Tayanch tushunchalar: 
ta’lim, metod, kuzatish, mashg‘ulot, dastur, STEAM uslubi, o‘z-
o‘ziga ishonchni shakllantirish, faol muloqot va jamoaviy ish. 
Ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam-rejali ravishda 
rivojlantirib borish, MTTning talim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi 
bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki, ta’lim jarayonida aqliy 
tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. 
Ta’lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va 
sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi 
sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTTda bolalarga madaniy – gigienik 
ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar. 
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo‘l bilan amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir: 
Birinchidan, bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda 
bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. 
Ikkinchidan, maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni 
kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan 
ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. 
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanadi. 
Bular: ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy, o‘yin metodlari, kuzatish, tushunish, mashq, didaktik 
o‘yinlar, ko‘rsatish, namoyish etish, so‘zlab berish, o‘qib berish, hikoya qilish, harakatli o‘yinlar 
va h.zo. 
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar 
ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa 
asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi. 
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. 
Kuzatish metodi ma’lum ob’ektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o‘zini yoki tasvirini 
ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar
o‘simliklar, kishilar hayoti bilan) qo‘llaniladi. 


103 
Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish. O‘rta guruhdan 
boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish. 
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa 
suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin