O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127
MTTda ota-onalar uchun 
kechalar va to‘garaklar 
uyushtirishning ahamiyati 


100 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar va boshqa oila a’zolari uchun 
o‘tkaziladigan kechalar mavzuli harakterga ega bo‘lib. “Musiqa va hayot”, “Bola hayotida kitob”, 
“Bola va tabiat” kabi mavzularni tanlash mumkii.
Hamkorlikning bu shaklining o‘ziga xosligi shundaki, unda qisqacha axborotdan so‘ng 
yig‘ilganlarga bolalar, MTT xodimlari va ota-onalarning badiiy chiqishlarini ko‘rish tavsiya 
qilinadi. M: musiqiy rahbarning chiqishidan so‘ng bolalar o‘zlari o‘rgangan ashula, o‘yinlarni 
bajarishadi, sahnalar ko‘rsatishadi yoki biror ertak sahnalashtiriladi. 
Bunday kechalar uchun “Bolani qanday sevish kerak?”, “Bolalar tarbiyasida otaning 
roli”, “Biz o‘z bolalarimizni bilamizmi?”, “Savol va javoblar kechasi” va h.k. mavzularni tanlash 
mumkin. 
Ota-onalarning bolalar yozuvchilari, shoirlari, bastakorlari bilan uchrashuvlari foydalidir. 
Oila bilan ishlashning og‘zaki jurnal, yumaloq stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija 
beradi, bunda pedagog, shifokor, huquqshunos va b. ishtirok etadi. 
Bolalar tarbiyasida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ota-onalarga 
yordam berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to‘garaklar tashkil etilib, undagi 
mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qishni, turli xil ovqatlar tayyorlashni 
o‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayyorlash san’ati 
o‘rgatiladi. 
Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq eshiklar kunlari diqqatga 
sazovordir. Ota-onalarni tanlov xarakteridagi tashkiliy-pedagogik ishlarga jalb qilish, M: yumshoq 
o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli-rolli o‘yinlar, 
maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. 
Bunday tanlovlar yillik rejada o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov shartlarini 
umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va ma’qullatib olish kerak. 
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joylariga ma’lum qilish 
kerak, bundan ular ma’naviy qoniqish oladi. 
Bunday ishlarni o‘tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Buvi va 
buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham, 
tarbiyachilar uchun ham qimmatlidir. 
Shunday qilib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka 
asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Bolalarni maktabga 
tayyorlashda oila alohida ahamiyat kasb etadigan maskandir. Oila bolani maktabga tayyorlashda 
tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat 
tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat 
ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, MTTga jalb qilingan bolalar uchun 
bolalar bog‘chasida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda 
oladi. Oila sharoitida ta’lim MTT bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilsagina kutilgan natijalarga 
erishish mumkin. Shu maqsadda MTT oilalarga metodik yordam ko‘rsatadi. Bu boradagi 
pedagogik faoliyat jamoaviy va indiviual ishlar shaklida amalga oshiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin