O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib  berish.  III bosqich



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127
II bosqich.
Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib 
berish. 
III bosqich.
Asarni bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o‘qib berish, har 
bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar namoyish etish. 
IV bosqich.
O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli materiallar, 
kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g‘ri amalga oshirish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan 
murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. M: o‘rta guruh uchun asosan harakatni 
aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha 
murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. 
Bolalarning qurilish, buyum yasash o‘yinlari rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinning 
tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarni o‘z fikrlarini ro‘yobga chiqarish usulidir. Qurilish 
materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi 
rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. 
Qurilish materiallari bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘tkazishda quyidagi jihatlarni hisobga olish 
lozim: 
1) qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda o‘ynashlari uchun yetarli bo‘lishi 
lozim; 
2) guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab 
qo‘yishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi kerak; 
3) qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo‘lgan g‘ildirakli shkaf bo‘lishi, 
uni bolalar istagan tomonlariga sudrab olib yurishlariga imkon yaratilishi kerak; 
4) qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o‘yinchoqlar, o‘yinchoqli odamlar, 
qushchalar, hayvonlar, transport bo‘lishi mumkin; 
5) bolalarning o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo‘lishi zarur; 
6) bolalarga qurilish usullarini o‘rgatish lozim; 


79 
7) qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha, hatto undan ko‘proq muddat 
saqlash kerak. 
Qurish-yasashga doir o‘yinlar uchun qum, suv, qor
 
kabilar asosiy vosita bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Qum bolalarning yozda o‘ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruhda ikkitadan qum 
yashigi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar o‘ynash imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar. Qum bolalarning o‘ynashlari uchun eng qulay o‘yin vositasi bo‘lib hisoblanadi. Qum 
maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi.
Qumni saqlashga muayyan gigiyenik talablar qo‘yiladi. Ular:
a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo‘lishi;
b) qum faqat namroq holda saqlanishi;
d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalarni qum bilan o‘ynashlari uchun bayroqchalar, o‘yinchoqlar 
tayyorlab qo‘yilishi kerak. 
Suv bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. 
Suvda qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish, o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda 
cho‘milishlari mumkin. 
Qor bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg‘otadi. Buning uchun 
yog‘och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo‘lishi shart. Kattalar yordamida 
qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin