87
vaqtning o‘zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo‘ladigan paytlarda xatolikka
yo‘l qo‘yishlari uchrashi mumkin.
Diqqat
. Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola
diqqatini ongli ravishda ma’lum bir predmetlarga va ob’ektlarga yo‘naltirib va jamlab tura oladi.
Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola
ikkiyoqlama tasvirlarni ko‘ra olishi mumkin.
Xotira
. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo
bo‘ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira
olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo‘ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari
yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o‘zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab
qolish va eslash holatlarda namoyon bo‘ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama
rag‘batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar –
anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy
xotiraning paydo bo‘lishi vositalangan xotiraning – eslab qolishning eng mahsuldor shakli
rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo‘ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o‘ziga
xosliklari – yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko‘rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan
shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va
guruhlash usullariga maqsadli ravishda o‘rgatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: