O‘z “Men”ini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib ichki
hissiyotlarning paydo bo‘lishi yangi ehtiyojlarni tug‘diradi. Butun maktabgacha yosh davomidagi
faoliyatning yetakchi turi bo‘lib hisoblangan o‘yin mana shuning natijasida endi bolaning
ehtiyojlarini to‘la qondira olmay qoladi. Bolada endilikda o‘z bolalarcha hayoti doirasidan
tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-ahamiyatli faoliyatda o‘z o‘rnini egallash istagi yuzaga
keladi, ya’ni, bola yangi ijtimoiy hissiyotni – “maktab o‘quvchisi o‘rnini”ni egallashga intiladi, bu
esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va o‘ziga
xosligi bo‘lib sanaladi.
6-7 yoshda bola o‘zini nafaqat uning o‘zi hosil qilgan amaliy harakatlar chegaralarida anglay
boshlaydi, balki u o‘zining atrof-muhitga va boshqa kishilar orasidagi o‘z o‘rniga nisbatan
munosabatlarini tushuna olish hamda tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo‘lgan shaklda) qobil
bo‘ladi: o‘zini ijtimoiy munosabatlar tizimidagi sub’ekt sifatida tushunish – o‘zining ijtimoiy
“Men”ini anglash paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko‘ra, o‘zini ko‘ra olish tendensiyasiga ega
bo‘ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog‘liq bo‘ladi, chunki u o‘zi haqida ob’ektiv fikrni
tuza olish imkoniga ega bo‘lmaydi, u o‘zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o‘z nomiga
eshitgan baholardan kelib chiqib tuzadi. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar yaxshi, va birinchi
bo‘lishga jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo‘ladilar,
kattalarning munosabati, kayfiyati o‘zgarib qolishiga yorqin va emotsional ravishda reaksiya
ko‘rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq
namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi ehtiyoji bo‘lib ham o‘z tengdoshlar, ham kattalar
bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek yetakchi faoliyat bo‘lib syujetli-rolli o‘yinlar
qolaveradi. Bu yoshdagi o‘yinlarning o‘ziga xosligi bo‘lib shu narsa hisoblanadiki, bunda bolalar
kishilarning murakkab o‘zaro harakatlarini o‘zlashtirishni va uni amalga oshirib ko‘rishni, atrof-
muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko‘rishni boshlaydilar.
O‘yinlar murakkablasha boradi, ba’zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida
mazmunga ega bo‘ladi. Bunda bolalar butun o‘yin maydonini to‘la kuzatib turishga, o‘yindagi
barcha ishtirokchilarni ko‘rib turishga va zaruriy o‘yin harakatlariga bog‘liq bo‘ladigan o‘z xulq-
atvori yoki rolini o‘zgartirib turishga qodir bo‘ladilar.