Maktabga tayyorgarlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar. Maktabga umumiy va maxsus
tayyorgarlik ko‘rishga jiddiy talablar qo‘yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda
tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o‘z-o‘zidan, avtomatik tarzda paydo bo‘ladi. Faqat maqsadga
yo‘naltirilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga yaxshi
tayyorlanishiga olib keladi. Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar
orasida turli fikrlar mavjud. Ko‘pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir
yil qolgungacha tayyorlashni kuchaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat
maktabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb aytishadi. Ba’zi ota-onalar
bola bog‘chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o‘ylashadi.
Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog‘cha tarbiyachilari bolani maktabga
tayyorlash butun bog‘cha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga
binoan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka
alohida diqqat-e’tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni
bir sistemaga solishadi, qo‘llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo.
Mavzu yuzasidan savollar: 1.
Psixologlar bolani maktabga umumiy tayyorgarligining qaysi tomonlarini ajratganlar?
2.
Qaysi olim tomonidan “bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib
ketmaslik uchun maktabda o‘qishni boshlaydigan vaqt” deb hisoblangan?
3.
Maktabga tayyor bo‘lgan bola nimalar qila oladi?
90
4.
Bolaning maktabga tayyorgarligini qanday aniqlash mumkin?
5.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi qanday hujjat bo‘lib sanaladi?
14-Mavzu: MAKTAB TA’LIMIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL