O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
“Oila” tushunchasi
va uning mohiyati 


91 
ravishda oila to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta qurishga uchramaydi. Oilaning axloqiy, psixologik jihatdan 
yangilanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog‘liq jarayondir. 
Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me’yorlari oilada sekin 
sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlarning amalga oshishida biologik, psixologik, 
demografik omillar ham ishtirok etadi.
Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayotdir. 
Binobarin, oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila muhim 
tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar 
mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud.
Oila hayoti mazmunidan kelib chiqqan holda ko‘p tomonlamali munosabatlar bilan 
tavsiflanadi, shunga ko‘ra oilaviy munosabatlar quyidagi shakllarga ega:
Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo‘lishi, 
uning a’zolarining ijtimoiy faoliyatining o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. V.A. 
Slastenin, I.F. Isayev, ye.N. Isayevlarning fikricha, oila jamiyat va odamlarga munosabati bo‘yicha 
muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi. 
Bolalarni maktabga tayyorlashda oila alohida 
ahamiyat kasb etadigan maskandir. Bola tarbiyasida 
oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga 
nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri 
uchun yuksak mas’uliyat xissini ham talab qiluvchi 
qiyin va murakkab ishdir. 
Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, 
axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara 
beradi. 
 
Ma’naviy tarbiya
ni bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi 
yo‘lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan 
tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish, qadriyat va 
an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. 
Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator 
axloqiy
jihatlari shakllanadiki, boshqa 
hech qaysi tarbiya ob’ekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-
muruvvat, raxm-shafqat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadoqat minnatdorchilik 
kabi insoniy fazilatlar turadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin