93
Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.
Bular ota-onalarning guruhiy va
umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
Ko‘rsatmali ishlar
– tarbiyachi-metodist tomonidan MTT jamoasi bilan hamkorlikda
yoki shaxsiy tashabbusi asosida sub’ektlar, ob’ekt va jarayon bilan bevosita tanishish maqsadida
tashkil etiladigan amaliy-ko‘rsatmali tadbirlar sanaladi.
Bu turdagi ishlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. Ko‘rgazmalar uyushtirish (bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-
onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish).
2. Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish.
3. Ota-onalarga pedagogik ta’lim berish.
MTTda ota-onalar bilan olib boriladigan jamoaviy ishlar quyidagi mazmunga ega:
Pedagogik ma’ruzalar
ota-onalarning e’tiborini tarbiyaning zamonaviy muammolariga
qaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur shakl ota-onalarni tarbiya nazariyasi asoslariga doir
tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi.
Pedagogik majburiy o‘qish
ni ilk yosh guruhdanoq ota-onalar bilan boshlash lozim,
chunki ayni shu paytda MTTga, pedagogik ma’rifatparvarlikka munosabat paydo bo‘ladi. Agar
birinchi mashg‘ulotni MTT direktori o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda
parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin.
Ko‘pgina ta’lim tashkilotlarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar majburiy o‘qish
bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egallashlari bo‘yicha murakkab ish
shakllaridan biri hisoblangan
Dostları ilə paylaş: