92
Kelajak avlodga
estetik tarbiya
berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida
qo‘shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino ko‘rish
va tahlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va
hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir.
Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandlarining
jismoniy barkamolligi
ga o‘ta mas’uliyat
bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda
bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish
vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur.
Bola hayotida
mehnat tarbiyasi
muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning
qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda
mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning
mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishlari
lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek,
maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni
bundan keyin yanada takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya
bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari pedagogik omillar, bu
sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va tarbiyachi-uslubchilarning muhim vazifasidir.
Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya
ishining qo‘yilishiga majmuaviy yondashuvga ta’lim muassasalari, oila va jamiyatchilikning to‘liq
o‘zaro ta’siri va harakatlarning birligiga bog‘liq.
Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar ekanmiz,
maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada tarbiyaning ota-onalar bilan hamkorlikda, bundan keyin
yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning
ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda MTT xodimlari, pedagog olimlar, bu sohada
ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchi va metodistlarning o‘rni juda katta.
Bola kunning asosiy qismini MTTda o‘tkazsa ham, inson komoloti uchun eng muhim
bo‘lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi oilada qo‘yiladi. Shu sababli ham maktabgacha
ta’lim pedagogikasining asosiy maqsadi bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama
tayyorlashda MTT bilan oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. MTTning oila bilan ishlash
tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan
ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni
tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlari ota-onalar va oila bilan
hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakllarini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: