O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi
deganda uning har tomonlama 
rivojlanganligi tushuniladi. Biror tomonining rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg‘uli, 
irodaviy yoki amaliy) maktabda o‘zlashtirmaslikning sabablaridan bo‘lishi mumkin. Shu bilan
birgalikda, bolalar birinchi sinfda o‘quv fanlarning (o‘qish, yozuv, matematika) mazmunini
o‘zlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak. Masalan,
matematikani o‘qitishda o‘qituvchi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini 
ajrata biladi deb hisoblaydi, yozuvni o‘rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to‘g‘ri 
ishlata olishiga, grafik mashqlarni bajara olishiga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va
ko‘nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik 
bir-biriga zid kelmaydi. Maktab fanlarini o‘zlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi umumiy
tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi, tayanadi. Bola shaxsini rivojlantirishda
ma’lum bir tomoniga (asosan, aqliy) kuchli yo‘naltirish berishga alohida e’tibor berish kerak. 
Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki, bolani tezlashtirilgan, jadal o‘qitish zarur
hisoblanadi. 


83 
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega. Agar 
shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qo‘llanilmasa,
rivojlanish to‘xtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish nihoyatda og‘ir kechadi. 
7 yosh – bola yangi sharoitga tez o‘rganadigan va o‘qish jarayonida muvaffaqiyatli
ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A.Komenskiy bola hayotining yettinchi yilini
bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o‘qishni boshlaydigan vaqt deb hisoblagan.
Bolaning ona maktabida 5-6 yil ta’lim-tarbiya olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarada 
tutilgan) u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan. 
Maktabga tayyor bo‘lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob-havoda uzoq vaqt yura 
oladi, asosiy harakat malakalariga ega, u o‘zining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka 
rioya qiladi. Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni 
tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni to‘g‘ri nomlashi bilan aniqlanadi. Bola o‘z
fikrlarini ifoda eta bilishi kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq ko‘rgazma materialga
tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6 - 7 yoshli bola oiladan tashqarida ham o‘zini dadil 
tutishi kerak. Shakllangan madaniy ko‘nikmalari o‘z tengdoshlari bilan munosabatlar 
o‘rnatishiga yordam beradi. Bola mustaqil kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va 
tartibli saqlashni o‘rganishi kerak. Bola kattalar mehnatining muhimligini tushunishi va
hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e ’tibor bilan vaqtida 
bajarishi lozim. Bolada estetik idrokni shakllantirish, uning yoshiga mos badiiy asarlarga
qiziqish uyg‘otish, yon-atrofni estetik jihatdan bezatishiga intilishini rivojlantirish kerak. Bola
musiqa, adabiy so‘z, rasmlarning chiroyini sezishni o‘rganishi, ashula aytish, rasm chizish, 
yasash, topishmoqlar, laparlar, tez aytishlar, maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblarni 
avaylashni bilishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin