O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-Mavzu Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiya



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə30/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

14-Mavzu
Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiya
Mavzu rejasi:
1.Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiyani amalga oshirish mohiyati va mazmuni.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak maʼnaviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda taʼlim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Prezidentimiz maktab taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan fikrini alohida taʼkidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir. Maʼlumki, murakkab oʻtish yillarida maktablardagi maʼnaviymaʼrifiy muhit, oʻqituvchi kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab taʼlimi tizimi tiklandi. Soʻnggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi. Ulugʻ allomalarimiz - Mirzo Ulugʻbek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi taʼlim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun taʼlim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Tarbiya san’atida o’zining pedagogik mahorati, o’zining «bir qolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish butun tizimi ana shuni bilib olishga qaratilishi kerak. Biroq, hali hech kim oliy o’quv yurtida o’qib yoki o’qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo’lib qolmagan. Pedagogik mehnat ustalari ta’lim muassasalarida vujudga keladi, o’quvchilar bilan muomalada shakllanadi. Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega bo’lish bilan birga, u o’quvchi qalbini tushunishi, uning qiziqish va moyilliklarini his qilishi kerak. Shunga ko’ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o’quvchilarning maslahatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda o’quvchilar faol bo’lishsin, o’qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo’lsin. Shundagina ko’zlangan maqsadga aniq va tez erishish mumkin. O’quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda o’qituvchining muomala odobi ham juda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchining o’quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o’tkazilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo’ladi. Mazkur jarayonni o’quvchilarning muomalasiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb qarash mumkin. Muomala - bu ma’lumotlar, axborotlar jarayonidir. Ushbu jarayon ikki yo’nalishda, ya’ni boshqarish subyektidan (o’qituvchidan) boshqarish obyektiga (o’quvchiga) borishi yoki aksincha - obyektdan subyektga borishi mumkin. O’qituvchi bevosita shaxslararo muomaladan o’z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g`oyat hilma-xil ma’lumotlarga ega bo’ladi va hokazo. O’z navbatida o’qituvchi muomala jarayonida o’z o’quvchilariga ham ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga qaratilgan ma’lumotlarni ma’lum qiladi. Bunda o’qituvchi o’tkazilishi kerak bo’lgan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakli, vositalari haqida o’z tarbiyalanuvchilariga ma’lumot berish bilan birga, ularning ishlash jarayonlari haqida ham tushuncha beradi. O’zbek xalq pedagogikasida bolalarni insonga mehrli, rahm-shafqatli, insonparvar, kindek qoni to’kilgan zaminiga mehr qo’yish va h.k. kabi tuyg’ularni singdirishga katta e’tibor berib kelingan. O’quvchilar ma’naviy-ahloqiy tarbiyasining muhim qismlari bo’lmish vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg’ularini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Maktabda o’quvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy hislardan vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg’ularining paydo bo’lishi va rivojlanishi, asosan bolalarning katta kishilar bilan qiladigan o’zaro muomala, muloqot va munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Insonda eng yuqori ma’naviy hislardan vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg’ulari bir-biri bilan uyg’unlashib ketgan. Bularni bir-biridan ajratib qarash qiyin. Bular bir-birining zamirida paydo bo’luvchi, shakllanuvchi va shaxs ma’naviyatini belgilovchi histuyg’ulardir. Mehr-muruvvat his-tuyg’ulari vatanparvarlik, insonparvarlik histuyg’ulari zamirida va aksincha mehr-muruvvat his-tuyg’ulari zamirida vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg’ulari paydo bo’ladi. Insonparvarlik tushunchasi - o’zbek millatida o’ziga xos alohida xususiyatga ega. Bu fikrlar zamirida Ona-Vatan va o’z xalqiga cheksiz muhabbat va mehr his-tuyg’ulari bilan to’lib-toshgan avlodni kamol toptirish, uning ongida vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr - muruvvat histuyg’ularini shakllantirish vazifasi turganligini anglash qiyin emas. O’zbeklarning urf-odatlari bo’yicha, o’zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovuz niyat, yomon so’z aytilmaydi. Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug’vor tushunchalar bo’lib, hamisha mehr-muhabbatdan quvvat oladi. Shu jihatdan qaraganda, bu tuyg’ular egizak qondoshu- jondoshdurlar. Bu histuyg’ularni yosh murg’ak yuragida uyg’atish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish, barcha maktab o’qituvchilari faoliyatlarida, ota-ona, mahalla fuqarolarining muqaddas burchlari hisoblanadi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi, ko’p jihatdan, barkamol avlod tarbiyasiga bog’liq. Buning uchun dono xalqimizning va mutafakkirlarimizning durdona fikrlariga rioya qilib, yoshlarimizga bolalikdan boshlab ajdodlarimiz tomonidan qo’llab kelingan eng xalqchil odob namunalari va histuyg’ularni o’rgatib borishimiz zarur. Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehrmuruvvat his-tuyg’ulari - bu qo’shaloq tuyg’ular bo’lib, ularni bolalarimiz ma’naviyaxloqiy tarbiyasi tizimida birgalikda singdiriladi. Bolalarimizning ilk yoshlik paytlaridan boshlaboq, bu yuqori his-tuyg’ularini shakllantirib, o’stirib borish - ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib beruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi. Vatan tuyg’usi to’g’risidagi fikrlar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan yurtdosh mutafakkirlarimiz al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Mansur as-Samarqandiy, Ibn Sino asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ulariga sodiq bo’lib, o’z asarlarida bu tushunchalarning muqaddas ekanligini XX asrning 30-50 va nihoyat 80-yillarida xalqimizga qarshi uyushtirilgan ishlarda - qatag’onlik va surgun azoblarini o’z boshlaridan kechirib, halok bo’lgan yurtdoshlarimiz, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir kabi yozuvchi, shoirlarimiz o’z asarlarida kuylaganlar. Hadislarimizda «Vatanni sevmoq iymondandir» deyiladi. Vatan ostonadan boshlanadi, deydi donishmandlar. Bu dono so’zlar har bir kishining o’z vatanini sevish va qadirlashga da’vad etadi. Demak, Vatan inson uchun o’zi tug’ilib o’sgan joy, go’shadan boshlanib butun bir mamlakatni qamrab oladi. Vatanni sevish - o’z ona qishlog’i, shahri, o’zi balog’atga yetayotgan joyini sevish va ardoqlashdir. Musiqani sevuvchi insonning ko’ngli ezgulikka moyil bo’ladi, ya’ni u jaholatga qarshi samarali vosita, o’tkir quroldir. U bor yerdan hajolat qochadi. U millat tanlamaydi, lekin milliy ruh uyg’otad. Ta’lim tizimida ham musiqiy ta’limni ushbu tizimni eng quyi pog’onasi bo’lgan maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatidan boshlab kuchaytirmoq, bu yo’lda uchrayotgan to’siq va muammolarni bartaraf qilmoq kerak. Chunki, biz ham farzandlarimizning kelajakda jaholatdan yiroq, ma’rifatli, fozil va komil insonlar bo’lib yetilishini istaymiz. Shuning uchun ularni bolalikdan musiqasevar, adabiyot va san’atning barcha jabhalariga ixlosmand, keng fikr, axloq-odobli, mehr-oqibatli, badiiy-estetik dunyoqarashi yuksak qilib tarbiyalashimiz va shu ishni bolalar bog’chalaridan boshlamog’imiz lozim.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin