O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə31/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

Savol va topshiriqlar
1.Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiyani amalga oshirish mohiyati nimalardan iborat va mazmuni.
2.Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiya mazmunidagi asosiy g‘oyani tavsiflang.
15-Mavzu
Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiya
Mavzu rejasi:
1.Umumiy o’rta ta’lim tizimida o’quvchilarni milliy tarbiyalashning shakl va
yo’llari.
Jahonda madaniyatlararo integratsiyalashuv jarayoni kechayotgan hozirgi vaqtda yoshlarning ijtimoiy kompetensiyalarining rivojlantirishning kreativ mexanizmlari ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan. YUNESKO2 materiallarida ta’lim natijasi: bilishni o‘rganish, bajarishni o‘rganish, birga yashashni o‘rganish, yashashni o‘rganish asosiy global kompetensiyalar sifatida ta’kidlanib, yoshlarning ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni samarali amalga oshirish, xuquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir salmoqli loyihalarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikmalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish qobiliyatlarini rivojlantirish ijtimoiy kompetensiyalar tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning psixo-fiziologik, antropologik, autopsixologik xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur masalalar bo‘yicha Yevropa Kengashi 1996 yilda “Evropa uchun tayanch kompetensiyalar” mavzusidagi Simpoziumda3 Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakllantirilishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni4 tavsiya etilgan. Masalani yechimi sifatidao‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni psixologik imkoniyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash sharoitida o‘quvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda jamiyat ehtiyojlari ta’lim paradigmasini o‘zgarishi o‘quvchilarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hamda tayanch ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning me’yoriy asoslari yaratildi. “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish5” ustuvor masala sifatida belgilangan. Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarini pedagogik-psixologik xususiyatlarini, didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi, 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari, shuningdek, 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi va mavzuga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin