Mavzu. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning naydo bo‘lishi madaniy-tarixiy, ijtimoiy-xuquqiy shart-sharoitlari



Yüklə 48,08 Kb.
səhifə1/6
tarix20.08.2023
ölçüsü48,08 Kb.
#139962
  1   2   3   4   5   6
2 MAVZU


  1. MAVZU. O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING NAYDO BO‘LISHI MADANIY-TARIXIY, IJTIMOIY-XUQUQIY SHART-SHAROITLARI.

Reja:

  1. Ijtimoiy pedagogikaning dastlabki tarixi.

  2. Avestoda ijtimoiylashuv jarayoning dastlabki kurinishlari.

  3. Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy qarashlari.

  4. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi hamda metodologik yondashuvlar.



Tayanch so‘z va iboralar: ijtimoiylashuv, Avestoda ijtimoiylashuv, metodologik yondashuvlar.


Ijtimoiy pedagogikaning dastlabki tarixi. 1917 — 1940 yillardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari. Hamza Hakimzoda Niyoziy faoliyati ikki davr — inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar to’qnashuvida davom etgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo’yilgan va uning moddiy (shaxsiy mulk) va ma`naviy (din) manbalari yo’q qilingan. Ijtimoiy muammolarni yechishni esa davlat o’z zimmasiga olgan.
Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan, O’zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo’limlari tuzila boshlanadi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi bo’yicha muassasalar tashkil etiladi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi “komsod” (yordam qo’mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam ta`minlangan oilalarni moddiy ta`minlovchi "kambag`allik fondlari” ham mavjud bo’lgan. Bu fondlar kambag`al oilalarni eng kam miqtsordagi oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlaganlar.
V. F. Lubentsov tomonidan boshqariladigan Karl Libxknet nomli mehnat maktabining tuzilishi respublika hayotida muhim voqea bo’lgan. Maktabining faoliyati ijtimoiy pedagogik tamoyillarga asoslangan edi. Ushbu ta`lim muassasasi Toshkent shahri yaqinidagi 600 ta etim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardan edi. Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoe qishlog`i yonidagi yangi binoni beradi. 1919—1920 yillar qishi juda og`ir keladi. Bolalar isitilmagan xonalarda yashashar edi, na chiroq, na kerosin bor edi. Qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg`ul bo’lishni davom ettirardi. Maktab bayramlarida yosh iqgidorli bolalar turli tamoshalarda ishtirok etishardi. O’quvchilar aksariyat vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug`ullanish yoki turli rasmlar chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, maktab pedagoglari ta`lim- tarbiyani qattiqqo’llik va kuchli intizom tamoyillari asosida olib borar edilar. Maktabning o’quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan. Masalan, “Nihol” to’garagi eng kambag`al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30 ta dehqonga qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida ishtirok etishga ko’maklashadi.
‘‘Tozalik” to’garagi qishloqdagi ovqatlanish, suvdan foydalanish, maishiy va sanitar-gigienik sharoitlarni nazorat qilardi. O’qituvchilar o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari tuzar edilar. Jismoniy mehnat, o’quv va sinfdan tashqari mashg`ulotlar bilan o’rin almashtirib o’tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda mashg`ulotlar dala va bog`larda o’gkazilar edi. Ular bug`doy, paxta, guruch, jo’xori, sabzavotlar etishtirish bilan birga ipakchilik, asalarichilik bilan ham shug`ullanishardi. Bunday turli xil mashg`ulotlar o’quvchilarda agrotexnik va zootexnik ko’nikmalar shakllanishiga olib kelgan.
Bolalar mustaqilligi va mas`uliyatligini rivojlantir ishning yana bir metodi o’z-o’zini boshqarish tizimi bo’lib, u jamoada muomala qilish ko’nikmalarini shakllanishiga ko’mak bergan.
Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etgan va 1921 yilda bu muassasa tajriba maktabiga aylantirilgan. Qisqa vaqg mobaynida iqgidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasining tashabbusi bilan ushbu maktabga o’qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug`ullanuvchi, shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo’llanmalar, dasturlar chiqaruvchi respublika ilmiy-metodika markazi maqomi berilgan.
Maktab jamoasi ilk marta “Qishloq o’qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik darsliklar yaratgan. SHuningdek. 1925 yilda V. Lubentsovning “Boshlang`ich maktabda dars berish metodlari” (o’zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V. F. Lubentsov va N. P. Arxangelskiy taxriri ostida “Bilim” nomli o’zbek maktablari boshlang`ich sinf o’quvchilari uchun ilk xrestomatiya chop etilgan.
Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo’lib, ba`zi jihatlarini zamonaviy ijtimoiy vaziyatda qo’llash maqsadida o’rganishni talab qiladi.
1920 — 1930 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lgan:

  • savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa, ayollarda);

  • mehnat tarbiyasi va ta`limni yo’lga qo’yish;

  • maktab-internatlarni yaratish;

  • ta`limni ishlab chiqarish bilan birlashtirish.

XX asrning 30-yillarida bolalarning maktabdan tashqari faoliyati rivojlana boshlagan. Bunda bolalarning texnik va qishloqxo’jalik stantsiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritgan. Maktab to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish hamda ularning bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishlari uchun vosita sifatida tashkil qilinar edi. Aynan shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan o’zbek shoiri G`. G`ulomni (1903 — 1966) tilga olmay iloj yo’q.
1918 yilda G`. G`ulom ilk o’zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan—savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta`lim berishning ilg`or usullaridan foydalanish, o’quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga rahbarlik qilish, o’quvchilarda kasbga va mehnatga qiziqish uyg`otishdan iborat edi. G`.G`ulom oilaviy tarbiyaga katta e`tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy rivojlanishi ko’p jihatdan ota-onaning shaxsiy namunasiga bog`liq ekanligini dalillar bilan asoslab bera olgan.

Yüklə 48,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin