O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə9/121
tarix27.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#90380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
2 курс. 30-30 Комплекс

11. Yakuniy nazorat savollari

1Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining predmeti, maqsad va vazifalari.


2.Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining asosiy muammolari.
3.Yosh va pedagogik psixologiya fanlariga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.
4.Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining tadqiqot metodlari.
5.Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining asosiy sohalari.
6.Yosh va pedagogik psixologiya fanlarining boshqa fanlar bilan aloqasi
7.Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o`ziga xos xususiyatlari.
8.Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
9. Psixik rivojlanishning asosiy omillari.
10.Yosh tushunchasi.
11.Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar).
12.Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida.
13.Yosh davrlarining psixoanaliz nazariyasidagi tasnifi haqida
14.Sotsiogenetik yondashuvda yosh davrlari tasnifi haqida
15.Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida
16.Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi
17.Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha.
18.Tug`ilish davri inqirozi.
19.«Tirilish kompleksi» haqida.
20.Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari).
21.Bir yosh inqirozi haqida.
22. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
23.Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari.
24.Ilk bolalik davrida o`z-o`zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi
25.Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi.
26. O`yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o`yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatish mexanizmlari, o`yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi).
27.Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar.
28. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha.
29.Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi.
30.Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari.
31.Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi.
32.Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o`zgarishlar va shaxsning «birinchi tug`ilishi»
33.7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari.
34. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi yuzasidan nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish.
35.Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi.
36.Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi.
37.Kichik maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari.
38.Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o`quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari).
39.Kichik maktab yoshi davrida bolaning o`zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori.
40.Pedagogik baho va kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish aloqasining psixologik mexanizmlari.
41.Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari
42. O`smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi
43.O`smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari.
44. O`smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari.
45. O`smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari
46.O`smirlik davrida o`z-o`ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari.
47. O`smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish.
48.Ilk o`spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif
49.Ilk o`spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari.
50.Ilk o`spirinlik davrida do`stlashish muammosining psixologik xususiyatlari.
51. lk o`spirinlik davrida muhabbat.
52.Ilk o`spirinlik davrida o`zini-o`zi anglashning rivojlanishi (o`zini-o`zi baholash, hurmat qilish, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya muammolari).
53.Ilk o`spirinlik davrida o`quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi.
54.Gerontopsixologiya yosh psixologiyasi fanining qanday sohasi bо‘lib hisoblanadi?
55.Ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaridan tashqari pedagogik psixologiya yana nimani о‘rganadi?
56.Akmeologiya yosh psixologiyasining qanday sohasi sanaladi?
57.“Bola ruhiyati” asarining muallifi hamda zamonaviy yosh psixologiyasi fanining asoschisi bо‘lib hisoblanadigan olim kim?
58.Qaysi davrgacha yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaga oid bilimlar asosan falsafa va tibbiyotga doir asarlarda bayon etilgan?
59.A.Navoiyning qaysi asarida inson umrini yosh davrlariga ajratishning о‘ziga xos tasnifi keltirilgan?
60.V.Preyerning “Bola ruhiyati” asari qachon va qayerda nashr etilgan?
61.Quyidagi olimlarning qaysi biri “Odam tarbiya predmeti sifatida” asarining muallifidir?
62.Quyidagi olimlardan kimning psixik rivojlanish haqidagi ilmiy qarashlari kognitiv yondashuvga asoslangan?
63.Rekapitulyatsiya nazariyasida 4 yoshdan 12 yoshgacha psixik rivojlanish davri insoniyat tarixidagi qanday davrga о‘hshatiladi?
64.V.Shtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday?
65.Bola psixik taraqqiyotining yetakchi omili sifatida L.I.Bojovich qanday ehtiyojni ta’riflaydi?
66.Yetakchi faoliyat haqidagi ta’limot qaysi olimning ilmiy qarashlariga asoslanadi?
67.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birida psixik rivojlanish biologik va ijtimoiy omillar konfrontatsiyasi (о‘zaro tо‘qnashuvi) natijasi sifatida tushuniladi?
68.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birining ishlab chiqilishi P.Y.Galperin nomi bilan bog‘liq?
69.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?
70.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi haqidagi g‘oya qaysi ta’limot doirasida ilgari surilgan?
71.L.Kolbergning ahloqiy rivojlanish nazariyasiga kо‘ra konvensional ahloq bosqichi taxminan qaysi yoshga tо‘g‘ri keladi?
72.D.B.Elkoninning yetakchi faoliyat haqidagi nazariyasiga muvofiq “odam-buyum” munosabat tizimi kо‘proq qaysi yosh davrlari uchun xos bо‘ladi?
73.Psixik rivojlanishning qaysi bosqichi psixoanaliz ta’limotiga kо‘ra psixologik va jinsiy rivojlanishning oxirgi tо‘rtinchi bosqichi hisoblanadi?
74.Ontogenezni filogenezning qisqa va siqiq shaklda takrorlanishi deb tushuntiradigan ta’limot qaysi?
75.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan nazariyaga kо‘ra inson psixik rivojlanishi davomida qaysi yosh davrida rollarning chalkashuvi xavfi kuchayadi?
76.J.Piajening intellektual faoliyat taraqqiyoti haqidagi nazariyasida “ramziy (simvolik) intellekt” aqliy rivojlanishning qaysi bosqichiga xos deb hisoblanadi?
77.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan ta’limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib kо‘rsatiladi?
78.J.Piaje tomonidan ilgari surilgan ta’limotga kо‘ra mavhum tushunchalar bilan mulohaza yurita olish qobiliyati qaysi bosqichda rivoj topadi?
79.J.Piajening inson intellekti taraqqiyotini tushuntirib beruvchi ta’limotiga kо‘ra sensomotor intellekt bosqichi yosh davrlarining ana’naviy tasnifiga kо‘ra qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?
80.Insonning shakl о‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun J.Piaje qanday atamani taklif etgan?
81.Quyidagi yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bо‘lgan muloqot yetakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?
82.Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?
83.Hozirda fanda ma’lum yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?
84.Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bо‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida rо‘y berishini isbotlaydi?
85.Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi yosh davrida yetakchi faoliyat bо‘lib hisoblanadi?
86.Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan javob qaytara boshlaydi?
87.Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bо‘ladi?
88.Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi?
89.Tovush idrok etish bilan bog‘liq quyidagi xususiyatlarning qaysi biri gо‘daklik davrining 3-4 oylarida paydo bо‘ladi?
90.Bola yuzida shaklan tabassumga о‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?
91.Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni о‘z vazifasiga muvofiq qо‘llay boshlaydi?
92.Bolalar kо‘zguda о‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi taxminan qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?
93.Psixik rivojlanish davomida rо‘y beradigan va “tirilish kompleksi” deb nom olgan psixologik hodisa qaysi yosh bosqichining yakunlanayotganidan darak beradi?
94.Bolada nutqning rivojlanishi “sо‘z-gap” bosqich, ya’ni bir gap mazmuni bitta sо‘zda ifodalanadigan davr taxminan qaysi yosh oralig‘iga tо‘g‘ri keladi?
95.Ikki yoshga yetgan bolaning faol sо‘zlardan iborat lug‘at boyligi nechta sо‘zni о‘z ichiga oladi?
96.Quyidagi hodisalarning qaysi biri taxminan 2 yoshdan boshlab kuzatilishi mumkin?
100. Ilk o`spirinlikda kasbga yo`naltirishning psixologik muammolari yuzasidan nazariy bilimlarni mustaxkamlab, amaliyotga yo`naltirish.
101.O`rganish jarayonining mohiyati, turlari.
102. Ta`lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi.
103.Ta`lim jarayonida o`quv motivatsiyasi va uni boshqarish muammosi.
104.Ta`lim va psixik rivojlanish munosabati (ta`limning psixik rivojlanishga ta`siri mexanizmlari).
105.Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.
106.Tarbiyaviy ta`sirning psixologik asoslari. o`quv jamoasining o`quvchiga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish imkoniyati.
107.Tarbiyada individual yondashuv muammosi.
108.«Tarbiyasi qiyin» o`quvchilar bilan ishlashning psixologik asoslari.
109.Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati.
110.Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni.
111.SHaxsning o`zini-o`zi tarbiyalashi muammosi yuzasidan tasavvurlarni shakllantirish.
112.Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.
113.Kichik maktab yoshida altruizm xususiyatining darajasida avaalgi davrlarga nisbatan odatda qanday о‘zgarish kuzitiladi?
114.Kichik maktab yoshida sinfdan sinfga odatda kuchayib boruvchi bilish ehtiyoji bilan bog‘liq о‘quv motivatsiyasining taxminan nechanchi sinfda biroz pasayishi kuzatiladi?
115.О‘smirlik davrida yetakchi faoliyat sifatida gavdalanadigan faoliyat turi qaysi?
116.О‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida quyidagi jarayonlardan qaysi biri yoki qaysilari ustunlik qilishi kuzatiladi?
117.Pubertat davri qaysi yosh davriga tо‘g‘ri keladi va bu davr qanday hodisa bilan tavsiflanadi?
118.L.S.Vigotskiy о‘smirning xayolini nima о‘xshatgan edi?
119.Nutqning rivojlanishida quyidagi xususiyatlardan qaysi biri о‘smirlik davri uchun xos?
120.О‘smirlarda xarakter aksentuatsiyalarining namoyon bо‘lishi muammosi quyidagi olimlarning qaysi biri tomonidan chuqur о‘rganilgan?
121.Namoyishkorona xulq-atvor xarakter aksentuatsiyasining qaysi turiga xos asosiy xususiyat hisoblanadi?
122.Komformlik sifati yuqori bо‘lgan о‘smirlar jinoiy ishga qо‘l urishiga odatda nima sabab bо‘ladi?
123.О‘smir shaxsida quyidagi ehtiyojlarning qaysi biri ayniqsa yaqqol namoyon bо‘ladi?
124.Mazmunsiz muloqotga yо‘nalganlik darajasi yuqori bо‘lgan о‘smirlarning о‘ziga-о‘zi beradigan bahosi odatda qanday bо‘ladi?
125.О‘smirda noadekvatlik affekti mavjudligi nimada namoyon bо‘ladi?
126.Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri odatda о‘smirlik davri uchun xos emas?
127.Hissiyotlar namoyishining boshqarilishida ilk о‘spirinlik va о‘smirlik davrlari о‘rtasidagi tafovutni aks ettirgan quyidagi qaysi mulohaza tо‘g‘ri?
128.Bо‘sh vaqtga mо‘ljallangan xobbi tarzidagi qiziqishlar quyidagi qaysi yosh davri uchun kо‘proq xos?
129.Dо‘stlik va dо‘stlarni ideallashtirish qaysi yosh davri uchun xos odatdagi xususiyatdir?
130.Agressiyaning quyidagi qaysi turi о‘smirlik davrida qiz bolalarda о‘g‘il bolalarga nisbatan ayniqsa yuqori darajada bо‘lishi kuzatiladi?
131.О‘smirlik davrida bolaning ayrim fanlarga kо‘proq qiziqib qolishi kо‘pincha nimaga bog‘liq bо‘ladi?
132.Ilk о‘spirinlikda qaysi emotsional holatning umumiy darajasi boshqa yosh davrlariga nisbatan yuqori bо‘ladi?
133.Ilk о‘spirinlikda о‘zini о‘ylantiradigan savollarga javob topish uchun shaxsning kimga yoki nimaga murojaat qilish darajasi ortadi?
134.Pedagog shaxsi va unga qo`yiladigan talablar.
135.Insonning shakl о‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun J.Piaje qanday atamani taklif etgan?
136.Quyidagi yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bо‘lgan muloqot yetakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?
137.Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?
138.Hozirda fanda ma’lum yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?
139.Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bо‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida rо‘y berishini isbotlaydi?
140.Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi yosh davrida yetakchi faoliyat bо‘lib hisoblanadi?
141.Keksalik davri aqliy qobiliyatlari nimada
142.О‘spirinlarda kasb tanlash bilan bog‘liq motivlarni о‘rgangan olim kim.
143.Ilk о‘spirinning psixologik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar
144.Bola psixik rivojlanishini ta’minlovchi qonuniyatlar
145.Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi.
146.Pedagogning individual faoliyat uslubi.
147.Pedagogik muloqot psixologiyasi (pedagogik muloqot ijodiy jarayon sifatida, pedagogning kommunikativ madaniyati).
148.Pedagogning o`zini-o`zi boshqarishi muammosi.
149.O`quv jamoasini boshqarishning psixologik asoslari.
150.Pedagog o`z ilmiy, o`quv-uslubiy salohiyatini oshirishining psixologik muammolari


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin