Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 1.O‘smirlik davrining asosiy psixik xususiyatlari.
2.O‘smirlik davridagi etakchi faoliyat turi.
3. O‘quv faoliyatining qayta tuzilishi hamda o‘smirdagi bilish
jarayonlarining rivojlanishi.
4.O‘smirlik davri krizisi, sabablari va namoyon bo‘lishi.
5.«Tarbiyasi qiyin» o‘smir xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlar va
ularga psixologik yondoshuv.
6.O‘smirlik Yoshida individual yondoshuv.
7. Ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari.
7-MAVZU: O‘SPIRINLIK VA YETUKLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.GERONTOPSIXOLOGIYA
Reja: 1.Xorijiy psixologiyada ilk o‘spirinlik haqida nazariyalar.
2.O‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish.
3. O‘spirinlik davrida kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari.
4.Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.
5.Etuklik davrining birinchi va ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
6.Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.
7.Biologik keksayish. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. 8.Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari
1.Xorijiy psixologiyada ilk o‘spirinlik haqida nazariyalar Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920 yillardayoq ilk o‘spirinlar haqida nazariyalar ko‘pligi ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqida 3ta yirik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning asosida etilishning biologik jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo‘nalish sotsiogenetik yo‘nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimoiylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb atalib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlanishi yotadi.
Taraqqiyotning biogenetik nazariyalarida rivojlanishning biologik determinantlariga asosiy urg‘u beriladi. Rivojlanish jarayonining o‘zi bosqichlari universal bo‘lgan etilish sifatida talqin etiladi. Bu yo‘nalishning yorqin namoyondalaridan biri XX asr amerikalik psixologi