O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kitob tumani xtbga qarashli 35-umumiy o’rta ta’lim maktabining



Yüklə 207 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2022
ölçüsü207 Kb.
#69940
  1   2   3   4
ona tili metod birlashma hujjatlarii






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


Kitob tumani XTBga
qarashli 35-umumiy o’rta
ta’lim maktabining
ona tili adabiyot fani
metod birlashma


ISH HUJJATLARI


Metodbirlashma hujjatlarini yuritilishi bo‘yicha ko‘rsatma



  1. Metodbirlashmaning yillik ish rejasining 1 bandiga o‘quv yilida o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni yoziladi.( amalga oshiriladigan ishlar rejasini yozishda vazifalarning ketma-ketligiga e’tibor qarating), 2 bandiga bajarilish muddati va 3 bandiga amalga oshirilishi uchun mas’ul shaxsning ismi, sharifi yoziladi.

  2. Ish rejaning monitoringi bo‘limining 1 bandida ish rejadagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning mazmuni aynan ko‘chiriladi, 2 bandiga 1 bandda keltirilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar aniq ma’lumotlarga asoslangan holda yoziladi.

  3. Metodbirlashma yig‘ilishlari bo‘yicha ma’lumotlar bo‘limida- har oyda bir marta o‘tkaziladigan metodbirlashma yig‘ilishlarida ko‘riladigan masalalarning aniq mavzulari to‘liq yoritilgan holda yozilishi kerak. Yig‘ilishlarning kun tartibiga qo‘yiladigan masalalar eng avvalo ta’lim yangiliklariga oid, Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan ta’lim-tarbiyaga oid qaror va buyruqlar bilan tanishish, ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan faoliyat yuzasidan tahlillar, fanga oid yangiliklar, o‘zaro metodik yordamning tashkil etilishiga oid masalalar kiritiladi.

  4. Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalarning ijrosi monitoringi bo‘limiga- 1 bandiga ko‘rilgan masalalar to‘liq aynan holatdagisi ko‘chiriladi,2 bandiga esa ko‘rilgan masalalarning ijrosi bo‘yicha bajarilgan aniq faktlarga asoslangan holdagi ma’lumotlar yoziladi .

  5. O‘qituvchilar haqida ma’lumotlar bo‘limida – metodbirlashma a’zolarining ismi, sharifi, mutaxassisligi, qaerni, qachon tamomlagani, toifasi, oxirgi malakadan o‘tgan vaqti va joriy o‘quv yilidagi dars yuklamasi haqida to‘liq ma’lumot yoziladi.

  6. Metodbirlashma a’zolarining ish taqsimoti bo‘limida- har bir metodbirlashma a’zosining o‘quv yili davomida metodbirlashma faoliyatida olib boradigan vazifasi yoziladi.

  7. Ochiq darslar jadvali bo‘limida- har bir metodbirlashma a’zosining o‘quv yili davomida o‘tadigan ochiq darsining mavzusi, ochiq dars o‘tish sanasi va nechanchi sinfda o‘tish haqidagi ma’lumotlar yoziladi va har bir metodbirlashma a’zosi mazkur jadval asosida ochiq darslarga tayyorgarlik ko‘radi.

  8. O‘tiladigan darslarda qo‘llanilishi qulay va mos bo‘lgan pedagogik texnologiyalarning nomi 1 bandga, 2 bandga nomlari keltirilgan pedagogik texnologiyani qo‘llash tartibi haqida ma’lumot yoziladi.

  9. AKT va ingliz tilidan mashg‘ulotlar grafigida- har bir metodbirlashma a’zolarining kompyuter savodxonligi mashg‘ulotlarida ishtirok etish sanasi va vaqti to‘g‘risida ma’lumot yoziladi.

  10. O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzular ro‘yxati bo‘limida- ichki monitoring nazorati yoki oraliq nazorat natijalariga ko‘ra o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzular mavzular ro‘yxati 1 bandga yoziladi, 2 bandga mazkur mavzularni o‘quvchilarni o‘zlashtirishiga qulay va soddalashtirilgan holda etkazish maqsadida tashkil etilgan ishlarning mazmuni yoziladi. Ro‘yxat va olib borilgan ishlar choraklar kesimida yoziladi.

  11. O‘quvchilarning o‘zlashtirish monitoringi bo‘limida- ichki monitoringxizmati tomonidan olingan nazorat natijalari choraklar kesimida yoziladi. Oxirgi bandiga fan o‘qituvchisining ismi, sharifi yozilishi kerak, natijalar asosidan fan o‘qituvchisi dars beradigan sinfidagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi tahlilini ham olib borish mumkin.

  12. YAratilgan dars ishlanmalari bo‘limida- metodbirlashma a’zolari tomonidan o‘quv yili davomida yaratilgan dars ishlanmalarining mavzulari 1 bandiga, 2 bandga sanasi, 3 bandga qanday dars uchun mo‘ljallanganligi yoziladi. Jadval choraklar kesimida tayyorlangan. O‘qituvchilar tomonidan tegishli fanlar kesimida mavzularning yaratgan metodik tavsiyalarini ham kiritish mumkin.

  13. Dars tahlillari haqida ma’lumot bo‘limida- 1 bandiga fan o‘qituvchisining ismi, sharifi, 2 bandiga fani, 3 bandi sinfi, 4 bandiga dars sanasi, 5 bandga o‘tilgan dars mavzusi, 6 bandga olingan yoki berilgan metodik yordam haqida ma’lumot yozilishi kerak. Dars tahlili jarayonida dars tahlilining turiga qarab dars jarayoni yoritilishi lozim.

  14. Elektron darsliklar haqidagi ma’lumot bo‘limida- maktabda tegishli fanlardan mavjud elektron darsliklarning nomi, qaysi sinfga mo‘ljallanganligi yoziladi.

  15. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash bo‘limida- bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchining ismi, sharifi, echanchi sinf o‘quvchisi ekanligi, ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar choraklar kesimida yoziladi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning ro‘yxati nazorat ishi natijalariga ko‘ra olinadi.

  16. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘limida- iqtidorli o‘quvchining ismi, sharifi, nechanchi sinf o‘quvchisi ekanligi, ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar choraklar kesimida yoziladi. Iqtidorli o‘quvchilarning ro‘yxati o‘zlashtirish samaradorligi natijalari va o‘quv jarayonida erishgan yutuqlariga ko‘ra olinadi.

  17. 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘quvchilar bilan ishlash bo‘limida- 5-8 sinf o‘quvchilaridan tegishli fanlar bo‘yicha “Bilimlar bellashuvi” da ishtirok etadigan iqtidorli o‘quvchilar ( har bir fanga 2 nafardan 4 nafargacha talabgorlar olinadi)ning ismi, sharifi, tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladigan kunlar va mashg‘ulot vaqtlari, mazkur o‘quvchilarga biriktirilgan fan o‘qituvchilarining ismi, sharifi va fani, o‘quvchilar bilan tayyorgarlik jarayonida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi.

  18. 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘quvchilar bilan ishlash bo‘limida- 9- sinf o‘quvchilaridan tegishli fanlar bo‘yicha “Fan olimpiadalari” da ishtirok etadigan iqtidorli o‘quvchilar ( har bir fanga 4 nafardan 15 nafargacha talabgorlar olinadi)ning ismi, sharifi, tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladigan kunlar va mashg‘ulot vaqtlari, mazkur o‘quvchilarga biriktirilgan fan o‘qituvchilarining ismi, sharifi va fani, o‘quvchilar bilan tayyorgarlik jarayonida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi.

  19. Metodbirlashma a’zolari faoliyatining o‘quv yili yakuni bo‘yicha natijalari bo‘limiga- har o‘qituvchining o‘quv yili davomida 7 ta ko‘rsatkich bo‘yicha olib borilgan ishlarining sifat darajasi bo‘yicha umumiy ball chiqarilib, metodbirlashma a’zolarining reyting o‘rni qo‘yiladi.




Yüklə 207 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin