Matn ustida ishlash. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Matn mazmuni asosida tuzilgan savollarga javob berish. O‘qilganlarga o‘z munosabatini bildirish. O‘qituvchi savoli yoki darslikda berilgan rasm asosida matn mazmunini qayta hikoyalash. O‘qituvchi yordamida matnni qismlarga bo‘lish, ularga sarlavha tanlash, matnning asosiy mazmunini aniqlash; matnda qatnashuvchi shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi so‘z va iboralarni tahlil qilish hamda shu so‘zlar ishtirokida og‘zaki hikoya tuzish.
Ertak, she’r, hikoyalarni janriy xususiyatlariga ko‘ra farqlay olish. Darslik mundarijasi bilan ishlay olish.
Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat) O‘qish materiallari. 8-30 bet hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar. O‘quvchi ovozsiz mustaqil o‘qish va tanlab ovoz chiqarib o‘qish uchun 1-5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar.
O‘qish mavzulari. Ona- Vatan va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.
Kitobning muqovasi (tituli), betlarini farqlay olish.
Kitobning nomi, muallifi va rasmlari asosida mazmunini aniqlay olish. Kim yoki nima haqida o‘qidingiz? savoliga javob berish; mazmunini aniqlash. Qahramonlarning xatti-harakatini, xulqini va ular boshidan kechirgan voqea-hodisalarni mustaqil baholay olish.
3 SINF Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (170 soat) O‘qish mavzulari:
1. Ona bitta, Vatan yagona (19 soat) Bu bo‘limda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida tushuncha beriladi. Har bir kishi o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona – Vatanini sevishi, ona tilini qadrlashi, ozod mamlakatning chin farzandi bo‘lishi, yurt faravonligi, xalq hayoti va mehnati, fidoiy zamondoshlarimiz haqidagi badiiy asarlar berilgan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: 1. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. 2. Salom maktab. 3. Vatanni suymak. 4. Vatan mo‘tabardir. 5. Ona – Vatan. 6. Toshkentim – onam. 7. Mustaqillik ahillikdan. 8. Matonatli ustoz. 9. Til qudrati. 10. Ona tilim. 11. Vatan iftixori. 12.O‘qituvchining o‘gitlari.