O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Odobli bo‘lish osonmi? 2. Sharq hikoyasi. 3. Qodir bilan Sobir. 4. Nurxon bilan Burhon. 5. Xatosini tushungan bola. 6. To‘g‘riso‘z bola.
7. Qo‘rqoq. 8. Yaxshi bo‘ldi. 9. Chumchuq bilan chumoli. 10. Qush tili.
Yomg‘ir.
9. Hayvonot olamida (11 soat) She’r va hikoyalarda insonlarning eng yaqin do‘sti hayvonlarning va ularning yashash tarzi, o‘ziga xos hayoti, ona tabiat yaratgan mo‘jiza ekanligi, odamlarning ularga munosabatlarini bilish.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Mo‘jiza. 2. Xatarli uchrashuv. 3. Ola buzoq. 4. Tushovli toy. 5. Jo‘ja.
6. Ayiqni yenggan cho‘pon. 7. Ko‘kyo‘l.
10. Zumrad bahor (13 soat) Fasllar kelinchagi, yashash-yasharish fasli bo‘lgan bahor tabiati, uning kishilar hayotida tutgan o‘rni, dillarga beradigan zavq-shavqi to‘g‘risidagi she’r va hikoyalar, «Assalom, Navro‘z!» mavzusida ijodiy insho.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Bahor ta’rifida. 2. Bahor. 3. Jala darakchisi. 4. Erkacholning o‘rigi.
5. Navro‘z – bahor bayrami. 6. Saxiy bog‘bon. 7. Tut. 8. Buzilmagan uya.
11. Yashasin tinchlik, bor bo‘lsin do‘stlik (6 soat) Hikoya va she’riy asarlarda insonning baxt-saodati, farovon turmush kechirishi faqat Vatanning kuch-qudrati, ona zamin saxovatiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, ayni paytda xalqlar o‘rtasida tinchlik-totuvlik, do‘stlik rishtalari haqida so‘z yuritish.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar: Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r.
Shoira. 3. Do‘stlik. 4. Tinchlik nima?
12. Ajdodlarimiz - faxrimiz (9 soat) Badiiy – adabiy asarlarda xalqimiz va Vatanimiz shon-shuhratini asrlar osha butun jahonga taratib kelayotgan benazir ajdodlarimizning o‘z e’tiqodlari yo‘lidagi fidoiyliklari, ularda umuminsoniy va milliy g‘urur to‘g‘risida, To‘maris, Najmiddin Kubro, Beruniy va boshqa vatandoshlarimizning vatan daxlsizligi hamda ilm- ma’rifat yo‘lidagi kurashlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish.