O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li
2- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi O‘quv yili yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish 2-sinf o‘quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar:
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar qatorining tuzilishi;
20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish usullari;
100 ichida o‘nlikdan o‘tmasdan sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish usullari;
Birliklar va o‘nliklar xonasi va ularda raqamlarning o‘rni va qiymati;
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish usullari hamda algoritmi. Sonlarni qulay usulda qo‘shish va ayirish.
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zaro taqqoslash va ular orasidagi munosabatlarining yozilishi;
Qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. Qo‘shish va ayirish amallarining to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish;
ikki amalli sonli ifodalarning qiymatini topish;
ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni yozma hisoblash;
Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish. Sonni bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisi sifatida ifodalash. Ko‘paytirish amali. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi;
Bo‘lish amali. Ko‘paytirish va bo‘lish amallarining o‘zaro bog‘liqligi.
Jadvalli ko‘paytirish va bo‘lish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari.
Sonlarni 0 va 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 0 ga bo‘lishning mumkin emasligi.