4. Boshlang‘ich ta’lim davlat talim standartining sinflar bo‘yicha mazmuni 1- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi O‘quv yili yakuniga kelib mazkur mazvularni o‘zlashtirish 1-sinf bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Umumiy tushunchalar:
Narsalar guruhidan berilgan xossaga egalarini ajratish va o‘zaro taqqoslash. Narsalarni berilgan xossani qanoatlantiruvchi guruhlarga (sinflarga) taqsimlash.
Sonlar va hisoblashlar:
Sonlarning sanash va o‘lchash natijasida hosil bo‘lganligi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar.
Songa 1 ni qo‘shish natijasida sondan oldin keluvchi sonning, 1 ni ayirish natijasida sondan keyin keluvchi sonning hosil bo‘lishi;
Arab raqamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, ularning o‘qilishi, yozilishi va hosil qilinishi;
Rim raqamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi.
Narsalar guruhlarini biror xususiyatlariga qarab birlashtirish (qo‘shish amali). Qo‘shish amali belgisi. Birlashtirilgan narsalar orasidan biror xususiyatiga ko‘ra narsalar guruhini ajratish (ayirish amali). Ayirish amali belgisi.
1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi va o‘qilishi. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish.
Qo‘shish amalining tashkil etuvchilari (komponentlari), natijasi va ularning mos ravishda nomlanishi: birinchi qo‘shiluvchi, ikkinchi qo‘shiluvchi va yig‘indi.
Ayirish amalining tashkil etuvchilari (komponentlari), natijasi va ularning mos ravishda nomlanishi: kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma;
Tenglik va tengsizlik. «=», «<», «>» ishoralari. Sonli ifodalar. Sonli ifodalarni o‘qish, yozish va ularning qiymatini topish. Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi.