6. Vatan himoyachilari (6 soat )
Bo‘limga shoir va yozuvchilarning istiqlol, vatanimiz himoyachilarining vatan oldidagi o‘z burchlarini qanday o‘tayotganliklari, ona yurtga bo‘lgan tengsiz sadoqatlari, Qurolli kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tash har bir o‘g‘il bolaning yuksak yigitlik burchi ekanligi haqidagi adabiy – badiiy asarlar kiritilgan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
1.O‘zbekiston posbonlari. 2. Bugun bolamiz, ertaga askar bo‘lamiz. 3.Dunyoni saqlar bolalar. 4. Bobonur. 5. Botir askarcha. 6. Istiqlolga sharaf – shon.
7. Orzular qanotida (10 soat )
Bo‘limda o‘zbek shoir va yozuvchilarining kichik yoshdagi tengqurlar hayoti, ularning qiziqishlari, orzu – umidlari, do‘stligi, odob – axloqi, kattalar va biri- birlariga yordamlari, ustoz va shogird munosabatlari yoritilgan, adabiy – badiiy asarlari o‘rin olgan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Biz – istiqlol farzandlarimiz. 2. Yaxshilik. 3. Kompyuter olami. 4. “Istiqlol” kemasi. 5. Sayyoralar. 6. Sohiba kimdan xafa? 7. Ikki qiz.
8. Barakalla, bo‘tam. 9. Jigarlarga tilaklarim.
8. Ulug‘lardan o‘rganmoq – oqillik (18 soat )
Mazkur bo‘limga o‘quvchilarni o‘tmishda yashab xalqi va Vatani uchun, ma’rifat rivoji uchun xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan allomalarning bolaliklari, bolalikdagi qiziqishlari, jasoratlari, kasb–hunar, bilim egallash yo‘lidagi sa’y-harakatlari xalqqa ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari, yurt obodonchiligidagi xizmatlari to‘g‘risidagi fikrlar kiritilgan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Hisob ilmidagi yangilik. 2. Ibn Sinoning shogirdlari. 3. Elim deb, yurtim deb yashagan inson. 4. Sohibqiron Temur bobo. 5. Donolarning donosi. 6. Zahiriddin Muhammad Bobur. 7. Saylda. 8. Hotami toyi.
9. Keldi bahor - gulbahor (11 soat )
Bu bo‘limda bahor tabiati, bu faslning go‘zalligi, kishilar mehnati, Navro‘z bayrami, bahor faslidagi bayramlar, insonlarining tabiat bilan o‘zaro munosabati, jonivorlarning hayoti haqidagi asarlar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |